179
• o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish;
• olingan axborotni dars davomida va darsdan
tashqarida talabalar
bilan mustaqil muhokama qilish;
• ta’lim oluvchilar
diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga
qaratish;
• o‘quvchi-talabalarni
darsga faol jalb qilish;
• o‘quvchi-talabalarning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash;
Bularning hammasi dars jarayonida tarqatma
materiallardan keng
foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga dars jarayonida
tarqatma materiallardan
foydalanishda o‘ziga xos kamchiliklar ham mavjud:
• Tarqatma materiallar tayyorlash o‘qituvchidan ko‘p kuch va vaqt,
yuksak mahorat talab qiladi.
• Bir kishiga bitta tarqatma material bo‘lishi kerak. Bu qo‘shimcha
katta moddiy xarajatni talab qiladi.
• Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, mavzuning
boshqa
qismlariga, savollariga e’tibor pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallardan
foydalanishning afzalligi ustun.
Ko‘rgazmali qurol yoki namoyish qilinuvchi material va tarqatma
materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda
keng foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: