Iqtisod-moliya
Tarqatma materiallar, ularning tutgan o‘rni. Ko‘rgаzmаli vа
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarqatma materiallar
4.2. Tarqatma materiallar, ularning tutgan o‘rni. Ko‘rgаzmаli vа
tаrqаtmа materiallar tayyorlash hаmdа ulardan foydalanish O‘tilayotgan darsda talabalarga axborot yetkazish, ularni darsni puxta o‘zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta’minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta. Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo‘lida bo‘lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi. Tarqatma materiallar - ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-3 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda : a) axborot beruvchi (AVTM), b) topshiriq beruvchi (TBTM), d) bilimni nazorat qiluvchi (BNQTM) guruhlarga ajratish mumkin. Tarqatma material – bu o‘rganilayotgan mavzuga tegishli uni puxta o‘zlashtirish uchun xizmat qiluvchi, alohida diqqat qaratish lozim bo‘lgan axborot va ma’lumotlar, topshiriqlarni o‘z ichiga olgan matn. 174 Axborot ko‘lami katta bo‘lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha axborotni talabalarga to‘liq yetkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo‘lib, darsga tayyorgarlik ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi. Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari : - talabalarga raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni og‘zaki yetkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga ham imkon bermaydi; - Miqdor jihatdan ko‘p malumotlarni doskaga yozib, tushuntirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi. - Bu jihatdan ko‘rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega. O‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga ham, qo‘llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma’lumotlar talabalar qo‘lida bo‘lishi, ularni ko‘rib turishi, tushunishi, anglashini osonlashtiradi. Tarqatma materiallar talabalarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish, shunigdek, o‘z ustilarida muntazam, mustaqil ishlashlarini ta’minlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi varaqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo‘lib yoki individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni to‘ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo‘lishi mumkin. Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish nazorat qilishda ham keng qo‘llaniladi. Bunda nazorat varaqalari tarzida tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda o‘z fikrini auditoriyaga yetkazishda ko‘rgazmali qurollar, grafik vositalari: turli jadvallar, xaritalar, chizmalar, matritsalardan keng foydalaniladi. Ayniqsa ma’lumotlarni diagrammalar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar orqali ifodalash muhim o‘rin tutadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling