Iqtisod-moliya
Ko‘rgazmalilikni ta’minlash
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Ko‘rgazmalilikni ta’minlash
Namoyish qilish metodlari Ko‘rgazmali metodlar Turli ko‘rgazmali qurollar: qo‘llanmalar, xarita, plakat, chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi Namoyish qilish: qurilma, asboblar, turli tipda-gi gi apparatlar yordamida amaliy mashq,hujjatlar, o’quv filmi va boshqalarni namoyish qilish 169 - ko‘rgаzmаlilik o‘quvchi-tаlаbаlаrning yoshigа muvоfiq bo‘lishi kеrаk; - ko‘rgаzmаlilik mе’yoridа bo‘lishi kеrаk, ulаrni fаqаt o‘quv jаrаyonidа mаvzu bo‘yichа tаlаb qilingаn rоldа nаvbаtmа-nаvbаt ko‘rsаtishni nаzаrdа tutib tаyyorlаsh kеrаk; - ko‘rgаzmаli qurоllаrni tаyyorlаsh jаrаyonidа uni qаndаy tushuntirishni chuqur o‘ylаb qo‘yish kеrаk; - ko‘rgаzmаlilik bаyon qilinаyotgаn mаtеriаlgа mоs tushishi kеrаk; - ko‘rgаzmаlilikni tа’minlаshdа o‘quvchi-tаlаbаlаrni kеng rаvishdа jаlb etish zаrur. Dars jarayonida so‘z bilan o‘qituvchi tomonidan yodga tushirish, talabalarning xayolida gavdalantirish mumkin bo‘lgan ichki, xayoliy ko‘rgazmali qurollar: adabiyot, san’at asarlari, badiiy film, badiiy asar qaxramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vaziyatlardan odatda keng foydalaniladi. O‘qituvchi yangi mavzuni boshlar ekan, da’vat fazasida talabalar diqqatini jalb qilish, fikrini yo‘naltirish uchun adabiyot, sa’nat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib talabalarning xayolan xotirasida tiklash, ko‘z o‘ngiga keltirishga undaydi. Ularning ruhi, kayfiyatini yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlaydi. Masalan: “Tovar – pul nazariyasi” mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga murojaat qilishi mumkin: suvni hamma biladi. Usiz hayot yo‘q. Shunga qaramay u tekin yoki narxi juda arzon. Brilliantni ko‘z o‘ngizga keltiring. Usiz yashash mumkin. Lekin juda qimmat, nima sababdan? Bugungi darsda ana shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. O‘qituvchi mavzu, uning maqsadi haqida gapirib, so‘ngra dars rejasini beradi. Mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatib, izohlash mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar - jadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish talabalarning bilimini puxtalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Darsda doskani ishlatish ko‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yo‘q auditoriyalarda plakat, sxemalardan foydalanish maqsadga muvofiq. An’anaviy ko‘rgazmali qurollar bu sxema va plakatlar bo‘lib, odatda sxemalar standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma, boshqalar 170 chizilgan bo‘ladi. Plakatlar esa nashr qilingan ko‘rgazmali qurol hisoblanib o‘tiladigan mavzular bo‘yicha tanlab olinadi. Sxema, plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda ko‘p vaqtni oladi. Xato qilinsa, o‘zgartirish qiyin. Shuning uchun hozirgi paytda vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan ko‘rgazmali qurollar o‘rniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay zamonaviy turlari, ayniqsa, dars jarayonida slaydlardan foydalanish keng yoyildi. Slaydlar ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy o‘quv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istagan paytda foydalanish, ish o‘rni o‘zgarganda oson ko‘chirish mumkin. Jadval, sxema, grafik, diagrammalardan foydalanish universal: - avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida ko‘rsatilishi; - vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish; - kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish; - flеshgа, diskkа kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish mumkin. Ko‘rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o‘tishning barcha shakllari, uslublarida qo‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko‘rgazmali qurollarsiz o‘tib bo‘lmaydi. Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish talabalarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi. Darsni ko‘ngildagidek o‘tishida ko‘rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling