Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
illyustratsiya
hisoblanadi. Namoyish qilishda ko‘proq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo‘lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Illyustratsiyaning o‘ziga xos turi adabiyot, kinofilm qahramonlari bo‘lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir. Illyustratsiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytida ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifatida foydalanish keng qo‘llanilmoqda. 172 Illyustratsiyaning samaraliligi ko‘p jihatdan uni qanday tarzda qo‘llashga bog‘liq. Ko‘rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o‘rganishda qanday rol o‘ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki haddan tashqari ko‘rgazmali materiallar ko‘pligi, talabalarni mavzuni o‘rganishdan chalg‘itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko‘rsatiladi. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq. O‘qituvchi ko‘rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi - hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o‘qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlashi kerak. Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin (gipoteza)ni, ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq. Ko‘rgаzmаlilikni tа’minlаshning o‘zigа хоs shаkli bu – ekskursiya. U o‘quv jаrаyonini tаshkil etishning tаrkibiy qismlаridаn biri bo‘lib, u bilim оlish, ko‘nikmа vа mаlаkаni shаkllаntirishdа muhim rоl o‘ynаydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling