Harakat dasturi
Download 194 Kb.
|
harakat dasturi 5 hafta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot davri
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDIALEKTOLOGIK AMALIYOT BO‘YICHA HARAKAT DASTURI Bilim sohasi: 5220100 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 220000 – Gumanitar fanlar Ta’lim yo‘nalishi: – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)(sirtqi) Amaliyot davri: 5 hafta Urganch-2021 SO‘ZBOSHI Dialektologik amaliyot (ekspeditsiya) talabalar tomonidan o‘qish jarayonidan tashqarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlardan bo‘lib, uch bosqichda amalga oshiriladi: Tayyorgarlik bosqichi; Amaliyot davri; Yakuniy bosqich. Dialektologik amaliyot o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladi. Tanlab olingan obyektga talabalar guruh-guruh qilib, aniq topshiriqlar berib yo’naltiriladi. Har bir talabaning qo‘lida quyidagi hujjatlarning bo’lishi shart hisoblanadi. Ular: Dastur; So‘roqlik; Anketa so’rovnomasi; Material pasporti (axborotchi haqida to’liq ma’lumot). Amaliyot davrida talabalar, birinchidan, shevalarni, xalq jonli tilini tadqiq qilish maqsadida uning hozirgi holatini to‘laligicha yozib oladi. Natijada, hozirgi shevalarimizda ishlatilib kelinayotgan adabiy tilda uchramaydigan juda ko‘p lisoniy elementlar bilan tanishadi. Ikkinchidan, talabalar bo‘lg‘usi o‘qituvchi, tilshunos sifatida muvaffaqiyatli pedagogik ish olib borish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqidagi dealektal, orfografik xatolarning oldini olish va tuzatib borish, ularni adabiy tilga o‘rgatish va savodxonligini oshirish masalasida amaliy ko‘nikma hosil qiladi. Shevalarni o‘rganish matn yozib olishdan boshlanadi. Shevalarni to‘g‘ri yozib olish uchun uning barcha xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Sheva materiallarini yozib olishda ilmiy yozuv(transkripsiya)dan keng foydalaniladi. Shevaga xos birliklar adabiiy til ta’sirida o‘zlarining holatlarini, ko‘rinishlarini o‘zgartirib boradi. Shuning uchun bunday birliklarning etimologik jihatlariga e’tibor qilish, ularning asl holatlarini aniqlash, saqlab qolish zarur. Amaliyot, asosan, talabalarda bilim va malakalarni mustahkamlash, ularni ilmiy yo‘nalishga ixtisoslashtirish hamda ilmiy ko‘nikma va qobiliyatni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Amaliyot jarayonida talabalarda matn bilan ishlash, manbalarni tahlil qilish va mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Amaliyot obyekti qilib, Xorazm viloyati hududi tanlangan. Dialektologik amaliyot mavzusi O’zbek tilshunosligi kafedrasining ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aloqador bo‘lganligi uchun amaliyot materiallarining mazkur yo’nalishga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda talabalarga o‘zlari yashayotgan hudud obyekt qilib belgilangan. Ular o‘zlarining qishlog‘i nomlari va u bilan bog‘liq bilan afsona va rivoyatlarni yozib olishlari zarur. Bundan tashqari, o‘zlari yashayotgan hududning etnografik xususiyatlari haqida ham ma’lumot to‘plashlari lozim. Obyektning hozirgi ma’muriy hududi u yerda yashayotgan urug‘lar, ular bilan bog‘liq laqablar, qabristonlar va boshqa muqaddas joylar haqida ham ma’lumot berishlari kerak. Yozib olingan ma’lumotlar ilmiy yozuv (transkripsiya)da bo‘lishi shart. Material yig‘ish jarayonida quyidagilarga e’tibor qilish lozim: 1. Dastur anketa savollariga javob sheva xususiyatini buzmaslik uchun ilmiy yozuvda olib borilishi lozim. 2. Har bir savolning tagiga javobi yozilishi shart. 3. Ma’ulmot beruvchining shaxsi va yoshi haqidagi ma’lumotlar ishning oxirida pasport shaklida yozilad. 4. Ma’lumot beruvchi shaxs qaysi sheva vakili ekanligi ham qayd qilinadi. Ma’ulmot yig‘uvchi talaba bir-biriga yaqin bir necha sheva materialini yozib olsa, ularning farqlarini ko’rsatishi lozim. Materiallarni yig‘ish jarayonida videokamera, magnitofon va fotoapparat kabi boshqa turdagi texnik vositalardan ham foydalanish mumkin. Dialektologik amaliyot jarayonida talabalar kichik guruhlarga bo‘linib harakat qiladilar. Maslahat olish va hisobot berib turish uchun amaliyot markazi sifatida tuman markazi va fakultet binosida joylashgan shevashunoslik laboratoriyasi belgilangan. Amaliyotga chiqishdan oldin, amaliyotga taalluqli narsalar haqida tushuncha beriladi, talabaning tayyorgarligi tekshiriladi. Konferensiya o‘tkazilib amaliyot o‘tkazish tartibi, qoidalari tushuntiriladi. Amaliyot 3 hafta davom etadi va amaliyot oxirida kafedraga to‘plangan materiallar, qayd qilingan daftar hamda qilingan ishlar hisoboti taqdim qilinadi. Amaliyot bo’yicha baholash komissiyasiga, asosan, quyidagi hujjatlar topshiriladi: Amaliyot kundaligi; So’roqlik va dastur; Dialektologik materiallar(so’z, ibora, rivoyat, ertak va boshqalar) to’plangan daftar; Shevaga xos birliklar kartochkalari; Materiallar pasporti; Amaliyot davri aks etgan audio, foto va videolavhalar; Amaliyot bo’yicha hisobot. Dialektologik amaliyot jarayonida o‘zbek shevalarining so‘z boyligi tubandagi mavzular bo‘yicha tekshirish rejalashtirilgan. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling