Iqtisod-moliya
Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi: 215 Ikkinchidаn, аuditоriyadа tаlаbаlаrni o‘zini tutishi, аyniqsа, o‘qituvchining оbro‘sigа putur yеtkаzаdigаn qiliqlаr qilаdigаn, hаttоki mа’ruzаni bаrbоd qilаdigаn dаrаjаgаchа оlib bоrаdigаnlаrgа duch kеlishi mumkin. Shuning uchun hаm vаziyatgа ko‘rа qаrоr qаbul qilish nihоyatdа muhim аhаmiyatgа egа. O‘qituvchi sinf, auditoriyani boshqarish uchun doimo kuzatib turishi, agarda o‘quvchi-talabalarning diqqatlari susayguday bo‘lsa, so‘z ohangini o‘zgartirib, unga ko‘proq emotsionallik berishi, savol yoki muammo qo‘yishi, hazil-mutoyiba qilishi va boshqalar bilan diqqatni jalb etish kerak. Buni avvaldan o‘ylab, texnologik xaritaga ham kiritib qo‘yishi kerak. Har bir o‘qituvchining vazifasi tayyor topshiriqni berishgina emas, balki mustaqil ravishda uni tayyorlashni o‘rgatishdir. Ma’ruzaning ijtimoiy- iqtisodiy yo‘nalishi uning ilmiyligi bilan bog‘liq. Ma’ruzachi real hayotning obyektiv tahliliga, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, iqtisodiy hodisalar va xo‘jalik hayotining omillari o‘rtasidagi ichki bog‘lanishlarni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak. Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o‘rganish jarayoni fikrlar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo‘ladi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun mo‘ljallangan ma’ruzada munozarali savollarni qo‘yish, turli nuqtai nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum bir nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to‘g‘riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak. Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi, savollarni aniq, tushunarli qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Ilmiy-iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda tarixiylik va mantiqiylikka amal qilishni talab etadi. Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo‘llashini ko‘z o‘ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo‘yicha adabiyotlar, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlashi mumkin. O‘qituvchi, zarur dalillar, ma’lumotlarga ega bo‘lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon qilmasa fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o‘tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hol talabalarda ma’ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi. Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘lanishi nihoyatda 216 murakkab jarayon. U turli-tuman: ichki, tashqi, bilvosita va bevosita, muhim va uncha muhim bo‘lmagan omillar bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar bilan cheklanish yaramaydi. Nazariyani asoslash uchun xo‘jalik hayotidagi turli-tuman hodisalarni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin emas. Lekin real voqelikni noto‘g‘ri ko‘rsatish, faqat yuzaki tashqi aloqalarni takidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi. Ma’ruzada materialni qay tarzda bayon qilinishiga qarab dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar - aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi mumkin. Induktiv metodda ma’ruza ko‘pincha qiziqarli, ko‘zga tashlanadigan fakt yoki misoldan, ayniqsa, shu kunning biron dolzarb masalasi bo‘lgan, auditoriyaning diqqatini jalb qiladigan masaladan boshlanadi. Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket umumiy xulosa chiqarishga o‘rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Deduktiv metodda esa ma’ruza umumiy nazariy masalalardan boshlanadi. Bu metod iqtisodiy fanlarning umumiy qonunlari, qoidalarini real hayotga tatbiq qilish, amaliyotda ko‘rish va baholash, xo‘jalik hayotida qo‘llash, iqtisodiy hayot hodisalari, jarayonlarini, xo‘jalik yuritish siyosatini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham deduktiv metod asosida olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avval ishchi gipoteza, taklif shaklida auditoriyaga umumiy savol tashlanadi, so‘ngra talabalarni mulohazalari dalillari, faktlari tahlil ma’lumotlari shu savolga to‘g‘ri kelishi birgalikda muhokama qilinadi, xulosalar chiqariladi. Bu holda ma’ruza-asosiy g‘oya, uni dalillar asosida tasdiqlash - xususiy savollarni izchillikda bayon qilish, deduktiv metodda mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi. Ma’ruzaning samarasini oshirishda ko‘rgazmali qurollar (jadval, sxema, diagramma, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko‘rgazmali qurollar orqali axborotni qabul qilish, mavzuni chuqurroq tushunishga, o‘quv materialini xotirada uzoq saqlanishiga yordam beradi. Lekin ko‘rgazmali qurollarga haddan tashqari berilib ketish ham kerak emas, chunki auditoriya bilan muloqot yo‘qoladi va natijada ma’ruzaning samarasi pasayadi. Ammo tanlab olingan, tayyorlangan ko‘rgazmali 217 qurollar so‘zsiz ma’ruza samarasini anchagina oshiradi. Ma’ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Buning uchun ma’ruzaning kirish yoki uning asosiy qismida masalaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo‘yish maqsadga muvofiq. Pedagoglar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchining mavzuni bayon qilishidan avval yoki bayon qilish jarayonida savol qo‘yishi, uni bayon qilib bo‘lgach, qo‘yilgan savoliga qaraganda to‘liqroq, yaxshiroq natijaga olib kelar ekan. Chunki ilgari qo‘yilgan savol talabani javob qanday bo‘lishi kerak, deb o‘ylantira boshlaydi va javobni o‘qituvchidan eshitishga diqqatini qaratadi. Ikkinchidan, ma’ruza boshlanganidan 20 daqiqacha vaqt o‘tgach, talabalar diqqati susayadi. Buni hisobga olib, har 15-20 daqiqada yoki har bir uzviy savolni bayon qilishda turli metodlardan foydalanish, talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir. Dars berish jarayonida misol keltirganda guruhdagi talabalarga bevosita misollar keltirishi diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Masalan, “Odiljon bilan Erkinjon biznes bilan shug‘ullanishmoqchi, lekin ishni nimadan boshlashni o‘ylanib turishibdi. Sizningcha, ular nimadan ish boshlashi kerak?”, “Dilbar doimiy o‘rtacha xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortgan sayin kamayib boradi, deydi, Dinora esa yo‘q, o‘zgarmaydi, deydi. Sizningcha ularning qaysi biri haq?” singari murojaatlar jonli muloqotga boshlaydi. Boshqa o‘quv shakllariga qaraganda ma’ruzachining ma’ruzasini his-hayajon, jo‘shqinlik bilan bayon etishi muhim rol o‘ynaydi. Ma’ruzachi his-hayajonini o‘zgartirish, mimikasi orqali talabalarni darsga qiziqishini kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin. 1. Ma’ruzaning emotsional ta’siri o‘qituvchining ma’ruza materialini erkin bayon qilishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Erkin bayon qilish orqali auditoriya bilan bog‘lanish yaxshilanadi. Talabalarning aks tasirini kuzatish imkoni vujudga keladi. Og‘zaki nutq xususiyatlari, ya’ni dialogdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Aksincha, ma’ruza matniga qarayverish auditoriya bilan kontakt o‘rnatishni qiyinlashtiradi, uni buzadi, chunki yozma nutq, odatda, monolog tarzida bo‘ladi. Bu yerda gap faqat ma’ruzachining tayyorlangan materialni erkin egallagan bo‘lishi, matnni zerikarli tarzda o‘qimasligi haqida bormoqda. 2. Og‘zaki nutq, ya’ni ma’ruza tushunarli, eshitib, qabul qilishga oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo‘lishi kerak, chunki uzun, murakkab 218 jumlalar fikrni xiralashtiradi. O‘qituvchi bayon qilinayotgan materialni yaxshi bilishidan tashqari o‘z ovozini ham nazorat qilishi zarur. Intonatsiyani goh baland, goh past qilib nutq o‘zgartirish orqali talabalar diqqatini tortish, o‘z vaqtida pauza va boshqa intonatsiyalardan ham foydalanish zarur. 3. Ma’ruzachi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor berishni yoddan chiqarmasligi zarur. 4. Ma’lumki, ma’ruzaning jo‘shqinligi, ma’lum darajada uning yorqinligiga bog‘liq. Jo‘shqin, ma’noli nutq faqat aniq, misollar bilangina emas, balki maqol, matal, badiiy obrazlar bilan boyitilishi zarur. Bu hol ma’ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi. Shunday qanotli so‘zlar ham bo‘ladiki, ular nihoyatda ajablanarli darajada nishonga tegishi bilan murakkab hodisalar mohiyatini ochib beradi. Faqat ana shu badiiy so‘z, maqollar, matallar bayon qilinayotgan material bilan bir butunlikni tashkil qilishi zarur. Masalan, me’yoriy naflilikni tushuntirganda talabalarga “Me’yoriy naflilik mazmunini ifodalovchi qanday maqolni bilasiz?” - deb murojaat qilish yoki “Naflilikni darajasi pasayib borishi qonunini ifodalovchi qanday maqolni bilasiz? Naflilik tovarning narxini shakllanishida qanday rol o‘ynaydi?” yoki “Hisobini bilmagan - hamyonidan ayrilar” maqoli nimaga ishora qilyapti? deb murojaat qilish mumkin. Birinchisida talabalardan “holvaning ozi shirin”, ikkinchisida “oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, uchinchisida, “hisob-kitobning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi” javobini olishga ahamiyat berish yoki maqolni bayon qilib, uni bayonini talabalar bilan birgalikda naflilik nazariyasi bilan yoki xarajatlar, foyda va boshqalar hisob-kitobi bilan bog‘lash mumkin. 5. Ma’ruzaning to‘g‘ri tuzilishi, darsning har bir minutidan samarali foydalanish mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi. 6. Auditoriya bilan “qayta aloqa” o‘rnatishda talabalarning savoli va o‘qituvchining javobi muhim rol o‘ynaydi. Odatda, ko‘pincha ma’ruzaning oxirida savollarga vaqt ajratiladi, lekin bu ma’ruza jarayonida savol berilmaydi, degani emas. Savollarga javob berganda javobning qisqa, asoslangan bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Agar savol qo‘shimcha dalillarni talab etadigan bo‘lsa, buni ochiq aytish mumkin, (aytaylik, statistik ma’lumotlar shu daqiqada yo‘q bo‘lsa) sababini ko‘rsatib, kelgusi darsda javob berishga va’da qilsa, buning aybi yo‘q. Agar savol induvidual tarzda bo‘lsa, ma’ruzadan so‘ng yoki 219 maslahat darsida javob berish mumkin. Savol-javobda o‘qituvchining nutq ohangidan doimo xayrixohlik sezilib turishi, savoldan salbiy munosabat sezilmasligi kerak, aks holda auditoriyaning ishonchi yo‘qoladi. 7. Har qanday sharoitda (tashqaridagi shovqin-suron, eshik ortidagi g‘ala-g‘ovur, qurilish va hokazo) o‘qituvchi o‘zini tuta bilishi lozim. 8. Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha marta takrorlamaslik kerak. 9. Nutqda siyqasi chiqqan so‘zlarni imkon qadar ishlatmaslik zarur. Mа’ruzаni bаyon qilishdа tovushlarning o‘rni, mimikа, qo‘shimchа qo‘l hаrаkаtlаri muhim rоl o‘ynаgаni uchun оynа оldidа, diktоfоn yordаmidа vаqtni bеlgilаgаn hоldа mаshq qilish kаttа yordаm bеrаdi. Hоzirgi pаytdа kоmpyutеr, qo‘l tеlеfоnlаrining imkоniyatlаrini kаttа ekаnligini hisоbgа оlаdigаn bo‘lsаk, mа’ruzаni yozib оlib, so‘ngrа uni ko‘rib, kаmchiliklаrini to‘g‘rilаsh imkоni kеng. Ma’ruza o‘qishda darslikda yaxshi yoritilmagan qismlariga, masalalarga alohida diqqat qaratish kerak. Ularni ajratib yozdirish, har bir savolni intonatsiya bilan ajratib ko‘rsatish, harbir savolda asosiylarni (eslab qolish lozim bo‘lganlarni), ikkinchi darajalilarni (namoyish etish uchun), qiziqarli va qiziqarli emaslarni (qiziqarli ko‘rsatish) maqsadga muvofiq. Murakkab va oddiylarni (ahamiyat berib) ajratib ko‘rsatish, atamalarni aniq talaffuz etish va doskaga yozish, har bir haqiqatni har bir o‘quvchiga yetib borishiga erishish, auditoriya munosabatini his etish va tushunish, ma’ruzaning har bir kichik qismidan so‘ng iloji boricha teskari aloqa tamoyilidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Аgаr tехnik yo‘nаlishdаgi o‘quv yurtlаridа mutахаssislik fаnlаridаn zаrur bo‘lgаndа tаjribаlаr nаmоyish qilinsа iqtisоdiy fаnlаrdа ko‘prоq mаvzugа tеgishli qаbul qilingаn qоnunlаr, mе’yoriy hujjаtlаr, yo‘riqnоmаlаrni o‘rgаnishgа diqqаt qаrаtilаdi. Albatta, ideal tarzda ma’ruza o‘qib bo‘lmaydi. Lekin har bir o‘qituvchi o‘zining barcha imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars o‘tishi shubhasiz, ma’ruzaning ijobiy tomonlarini ustun bo‘lishiga olib keladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling