276
tanishmoqchi bo‘lganlar bunday axborotni balansdan olishlari mumkin.
Balans korxonadagi vaziyatni aks ettiruvchi oyna. Shuning uchun ham
buxgalteriya hisobi yuritishni o‘rganishni balansni o‘rganishdan
boshlanadi. Bunda buxgalteriya hisobini o‘rganish
deduksiyadan
induktivlikka borish asosida tashkil qilinadi.
Buxgalteriya balansi xo‘jalik mablag‘lari va ularning turlari, tashkil
topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrda pulda ifodalanib,
umumlashtirilib aks ettirish va iqtisodiy guruhlarga ajratish usulidir.
Mablag‘lar turlari va ularni manbalarini ajratib ko‘rsatish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 7
fevralda 31-sonli buyrug‘i bilan qabul qilingan
balans ikki qismdan
iborat bo‘lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag‘lar
turlari va ularni joylanishi keltiriladi. U aktiv qism deb nomlanadi.
O‘ng tomonida mablag‘lar manbalari va ularni qanday maqsadlarga
atalgani ko‘rsatiladi. U passiv qism deb nomlanadi. Bu аynаn T-
sхеmаni ifоdаlаydi.
Do'stlaringiz bilan baham: