Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet279/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Esse yozish metodi - 
muallifning individual pozitsiyasini, 
dunyoqarashini alohida ajratib ko‘rsatish orqali erkin yozma bayon
qilishga yo‘naltirilgan, talabalarni iqtisodiy fikr yuritish va uni yozma 
ravishda ifodalashga o‘rgatadigan va ularning bilimini baholashda
qo‘llaniladigan metod. 


E’tiqod
- shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning 
haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning atrof-
muhitga hamda o‘zining xatti-harakatlariga bo‘lgan subyektiv faoliyati.



370
Yakunlovchi davlat attestatsiyasi
– bakalavr yoki magistr 
darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda ma’lum talab
va tartiblar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv 
malaka ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi
tomonidan ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash.


Yaxlitlik
- pedagogik jarayonning sintezlashgan sifati bo‘lib, uning 
oliy darajadagi taraqqiyotini, undagi subyektlar, obyektlar faoliyatini bir
butunligini ta’minlovchi jarayon. 


Yaxlit pedagogik jarayon
- tarbiya jarayonida ta’lim va ta’lim 
jarayonida tarbiya berishning o‘zaro singib ketgan, yaxlit holga kelgan
jarayoni. 


O‘zlashtirish
– 1) o‘ziga singdirish, tushunish, bilish; 2) muayyan 
bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashga qaratilgan jarayon; 3) ijtimoiy
tajriba natijalari bilan shaxsiy tajriba natijalarini qo‘shilishi. 


O‘yin
– faoliyatning bir turi bo‘lib, ijtimoiy tabaqalarni 
o‘zlashtirish
va

bunyod
etishga, 


o‘z
xatti-harakatlarini 

takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.




O‘z-o‘zini baholash
– shaxsning o‘z psixologik sifatlari, xulqi,
yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini 
baholay olishi.

O‘qitish
– o‘qituvchining ta’lim oluvchining bilish faoliyatini 
boshqarishga qaratilgan faoliyati. O‘qitish: 1) ta’limning o‘ziga xos
usuli bo‘lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning 
rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o‘quvchi va o‘qituvchi, o‘quvchining
boshqa o‘quvchilar bilan aloqasi natijasi o‘laroq atrof-muhit, uning 
qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o‘rganilish usullarini
bilishning muntazam boshqarilish jarayoni. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling