Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet277/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Tadqiqot metodi – 
axborotlar, dalillar, ma’lumotlar asosida 
tadqiqot o‘tkazish jarayonida qatnashish orqali dars o‘tishning
talabalarni axborot to‘plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, 
baholashga o‘rgatish jarayonida mavzuning mazmunini o‘zlashtirishga,
ilmiy izlanishni o‘rganishga qaratilgan metod.


Tadqiqot obyekti
– ziddiyat va muammoli vaziyat tug‘diruvchi, 
bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.

Tadqiqot predmeti
- bevosita o‘rganilishi lozim bo‘lgan va amaliy 
yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obyektning
mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati. 


Talqin qilish
– biror hodisa yoki narsani izohlash, tushuntirish. 


Tanqidiy nazar metodi –
matnning mazmunini tadqiq qilish
taqqoslash, shaxsiy tajriba bilan bog‘lash va o‘z munosabatini bildirishni
o‘rgatadigan metod. 


Ta’lim
– 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining 
yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu
darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli 
yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash
g‘oyaviy-axloqiy, qadr, malaka, ko‘nikma, axloq me’yorlariga 
qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan
nisbiy mustaqil tizim. 


Ta’lim dasturi
– o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki 
magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga
muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajada tayyorgarligini 
ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro‘yxati.

Ta’lim maqsadi
– ta’lim berishdan(olishdan) ko‘zlangan muddao.


Ta’lim mazmuni 
– o‘qitish jarayonida egallash lozim bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling