366
Mashqlardan foydalanish metodi –
fanni o‘rganish, malaka,
ko‘nikmalar hosil qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish, takrorlash va sinab
ko‘rishga qaratilgan metod.
Maqsad
- faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov
– foydali
ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Metod
yunoncha “methodos - tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya,
ta’limot” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib: 1) tabiiy va ijtimoiy hayot
hodisalarini
tadqiq qilish, bilish yo‘li; 2) haqiqatga intilish, bilish,
harakat qilish yo‘llari; 3) kutilayotgan natijaga erishish usullari; 4)
voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari
Metodika
- pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib,
shaxsni
shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat
to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni,
shakli va
metodlari (uslublari), qisqacha aytganda, ilmiy bilish faoliyatining
shakllari va metodlari majmui haqidagi fan. U “qay tarzda?” va “nimalar
yordamida o‘qitish?” lozim degan masalalar bilan shug‘ullanadi.
Metodologiya
(yunon. methodos va logos)
- faoliyatning tarkibi,
mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot.
Metodologiya - 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2)
biror fanda, shu jumladan, pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar
majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: