Iqtisod-moliya


Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) -


Download 1.64 Mb.
bet272/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) - 
iqtisodiy-
nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, fanni o‘qitish, o‘rganishda
qo‘llaniladigan turli metodlar va ularni dars jarayonida qo‘llashni 
o‘rganuvchi fan.




364

Iqtisodiy faoliyat - 
insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, 
hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui.

Kasbiy bilimdonlik
- pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur 
bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.

Kasb-hunar kolleji 
- o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, 
mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari
bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan o‘rta maxsus, 
kasb-hunar o‘quv yurti.
Kasbiy-pedagogik muloqot
- pedagog va tarbiyalanuvchining 
o‘zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi
bo‘lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o‘zaro munosabatlarni
tashkil etish hisoblanadi. 


Kasbiy tayyorgarlik
- bo‘lajak mutaxassisning psixologik, 
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.

Keys stadi metodi

case study method” -


o‘quvchi-talabalarni
qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni 
yechishni o‘rganish metodi.

Kitob ustida mustaqil ishlash metodi - 
o‘quv axborotini o‘quvchi-
talaba uning o‘ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlashini
hisobga olib, kitob ustida mustaqil ishlashni o‘rgatish asosida fanni 
o‘rganishga qaratilgan metod.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish metodi
– guruhni ma’lum 
bir mezonlar asosida 3-6 o‘quvchi-talabadan iborat kichik guruhlarga
bo‘lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxtalashtirish, 
boshqalarning fikrini eshitishga o‘rgatadigan, mas’uliyat talabalar
zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o‘tish 
metodi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling