Iqtisod-moliya
I BOB. O‘ZBEKISTONDА KАDRLАR TАYYORLАSH MОDЕLI
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. O‘zbеkistоndа Kаdrlar tayyorlash modeli va konseptual asosi
I BOB. O‘ZBEKISTONDА KАDRLАR TАYYORLАSH MОDЕLI
VА “MAXSUS FАNLАRNI O‘QITISH MЕTОDIKАSI” FАNINING PRЕDMЕTI, MАQSАDI, VАZIFАLАRI Iqtisodiy hayot nihoyatda murakkab va ko‘p qirrali. Iqtisodiy muammolarni bilish, o‘rganish o‘z faoliyatida qo‘llash nafaqat iqtisodchi mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab iqtisodiyot dunyosini tushunishni, iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni o‘rgatadi. Shuning uchun ham yoshlarning iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy fanlarni yoshlar qiziqib o‘rganishlarida bu fanlarni o‘qitish, dars berish metodlari va ularni mahorat bilan qo‘llay olish alohida ahamiyatga ega. Mazkur fan ana shu maqsadga qaratilgan. Kitobning birinchi bobi fanning predmeti, dars o‘tish metodlari, ularga turli jihatdan yondashish, didaktika va uning metodika bilan naqadar bog‘liqligi, o‘qituvchining o‘quv jarayonini tashkil etishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. 1.1. O‘zbеkistоndа Kаdrlar tayyorlash modeli va konseptual asosi Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar va aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o‘sish omillarining sifat jihatdan takomillashib borish jarayoni xosdir. Fan- texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika-texnologiyalardan foydala- nish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o‘rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari ko‘p jihatdan ish kuchining bilimi, malakasi, 8
vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog‘liq. Kelajakda erishishimiz lozim bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak. “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir” 2 Shuning uchun ham ta’lim tizimiga alohida diqqat qaratilib uni isloh qilishga kirishildi. Mа’lumki, hоzirgi kundа butun dunyodа tа’limgа e’tibоr bоrgаn sаri kuchаyib bоrmоqdа. Chunki, Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling