Iqtisod-moliya


O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari


Download 1.64 Mb.
bet63/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari 
Ta’lim texnologiyasi o‘ziga xos jihatlari bilan metodikadan 
farqlanib:
1) u eng avvalo dars jarayonini bir butun holda konstruktiv 
qurilishini ifodalaydi, ya’ni u darsning texnologik xaritasida aks
ettiriladi. Qoyilgan maqsadga ko‘ra butun dars jarayonida bosqichma-
bosqich bajariladigan ishlar loyihalashtiriladi.
2) ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga: 
* o‘quv predmeti, har bir o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha maqsad
qo‘yish va uni vazifalar orqali ifodalash (ularning ro‘yxatini ishlab 
chiqish);
* dars o‘tish shakllarini aniqlash
* o‘quv maqsadiga erishish yo‘llarini - metodlarini tanlash, ishlab
chiqish; 
* dars o‘tish vositalarini tanlash;
* qo‘yilgan maqsadni topshiriqlarda ifodalash, ya’ni maqsadni 
amalga oshirish va uni qay darajada bajarilganini nazorat qilish uchun
topshiriqlar ishlab chiqish, tayyorlash; 
* nazoratni amalga oshirish va erishilgan natijani baholash:




88
a) xususiy o‘quv maqsad-vazifalarni qayta ko‘rib chiqish va 
tuzatishlar kiritish;
b) nazorat natijalarini tahlil qilish, muvofiq ravishda tuzatishlar 

kiritish kabilarni oladi.


Ko‘rinib turibdi, metodlar texnologiyaning 


tarkibiy qismi. Lekin shunga e’tibor qaratish kerakki, o‘qitish metodlari,
bu - pedagogik texnologiyaning nerv tomirlari, chunki qo‘yilgan 
maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish aynan qaysi
metodni qay tarzda qo‘llash hamda talabalar bilimini nazoratiga 
bog‘liqdir. Nazorat ham metodga tayanadi.

3) qanday o‘qitish kerak, degan savolga ta’lim texnologiyasida


salmoqli qo‘shimcha bilan qanday qilib ko‘zlangan natijaga erishgan 
holda o‘qitish kerak. O‘quv jarayonini qanday tashkil etish kerak, degan
nuqtai nazardan yondashiladi. Bu savollarga javob metodlarni tanlash 
muvofiq ravishda topshiriqlar ishlab chiqish orqali topiladi.
4) aniq sharoitdan kelib chiqib, taxminiy emas, kafolatlangan, aniq
natijaga erishish mo‘ljallangan pedagogik jarayon loyihalashtiriladi va
uni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Bu hаm mеtоdlаr yordаmidа 
аmаlgа оshirilаdi.
5) erishilgan natijani takrorlash mumkinligi bilan farqlanadi, chunki 
tayyorlangan texnologik xarita asosida ko‘zda tutilgan metodlar,
topshiriqlardan boshqa o‘qituvchilar ham foydalana olish imkoniga ega 
bo‘ladilar.

6) o‘quvchi-talaba, ya’ni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyada


ularning o‘qishdagi muvaffaqiyati o‘z faoliyati evaziga ta’minlanadi, 
buni ular tezda his qilishadi.
7) o‘qituvchi eksperiment emas, aniq belgilangan natija uchun
harakat qiladi. Qo‘yilgan maqsadni yaratilgan sharoit va belgilangan 
vaqtda amalga oshirishga shubha qoldirmaslikka asoslangan o‘qitish
modeliga tayanadi. O‘qituvchining o‘zini ham fikrlash qobiliyatiga va 
muammolarni yechish ko‘nikmalariga, vaziyatni tezda baholay olish,
hozirjavob bo‘lish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
Kutiladigan natijaga aniq o‘quv maqsadi qo‘yilib, pedagogik vazifalar
belgilanganda va o‘quv jarayonini tashkil etishda zarur sharoit 
yaratilganda erishiladi.

Ta’lim texnologiyasida ishlab chiqarish natijasi, “mahsuloti”, ya’ni 


ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun
o‘rgаnilаdigаn fаn mаvzulаri bo‘yichа mаshg‘ulоt jаrаyonini lоyihаsini 
ishlаb chiqish ko‘riladigan uslubiy tadbirlar majmuasi, boshqacha qilib




89
aytganda maqsad qo‘yish va unga qanday tarzda erishish ko‘rsatiladi. 
Uni umumiy tarzda:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling