Iqtisod-moliya
metodlarni tanlashning asosiy qoydasi
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv metodlarini tanlashga ta’sir etuvchi omillar Omillar Omillar ta’siri O‘rni
metodlarni tanlashning asosiy qoydasi
→ ta’lim berish maqsadi va o‘rganilayotgan fan hamda mavzuning xususiyatiga mos kelishi; Tanlangan metodga qo‘yiladigan asosiy talab → ko‘zlangan natijani berishi; Metodning natijaviyligi mezoni → belgilangan vazifani hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va 51
диссиплин. Тошкент 2004, с. 16. 52 Kукушкин В. С. Теория и методика обучения / В.С. Кукушкин. −Ростов н/Д.: Феникс, 2005; Скибицкий Э. Г., Толстова И. Э., Шефель В. Г Методика профессионального обучения. : Учеб. Пособие . Новосибирск: НГАУ, 2008. C. 60. 92 4-jadval O‘quv metodlarini tanlashga ta’sir etuvchi omillar Omillar Omillar ta’siri O‘rni O‘qitishning maqsadi va unga erishish zarurligi 0.90 1 O‘qitishning motivatsiya darajasi 0.86
O‘qitishning qonuniyatlari tamoyillarini amalga oshirish 0.84 3 Mavzu mazmuni va qo‘yilgan talablar 0.80 4 O‘quv axborotlarini murakkabligi va me’yori 0.78 5 O‘qitilayotganlarning tayyorgarlik daralasi 0.65 6 O‘qitilayotganlarning qiziqishi, faolligi 0.65 7 O‘qitilayotganlarning yoshi, ishchanligi 0.62 8 Mashq qilish, sabr-toqat, bardoshlilik va ko‘nikmalarni shakllantirish, 0.60 9 Talab etiladigan vaqt 0.55 10 Moddiy-texnik, tashkiliy sharoitlar 0.50 11 Metodni avval qo‘llanilganmi yoki yo‘qligi 0.40 12 Mashg‘ulot tipi va tarkibi 0.38 13 O‘quv jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlari 0.37 14 Guruhdagi o‘qitilayotganlar soni 0.36 15 Pedagogning kompitentlik darajasi 0.35 16 Tejamkorligidir. Mavzuni o‘rganish uchun metod tanlashda kompyuterdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega. Dars o‘tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo‘lib, o‘qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o‘rganish uchun kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 100 dan ortiq metodlarni turli mezonlar asosida tanlaydigan “Metod” dasturlari bo‘lib, ular so‘zsiz o‘qituvchiga dars o‘tish metodini tanlashda katta yordam beradi. Hozirgi zamon talabiga ko‘ra maqsad tayyor bilimni o‘zlashtirish emas, balki asosiysi o‘quvchi- talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Shu bilan birga ularda mustaqil tanlash, qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish bo‘lib, bunday xislatni tarbiyalash ko‘p jihatdan dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarga bog‘liq. Insonning xislatlari bir-biridan farqlanadi, olingan axborotni eslab qolish qobiliyatlari ham. Dars o‘tish shakllari, ularda qo‘llangan turli-tuman metodlar esa ana shu xislatlarga muvofiq ravishda ko‘proq axborot olish, uni tushunish, xotirada saqlash taqqoslash, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi. 93 Metod bu keng qamrovli, serqirra, murakkab tushuncha. Dars o‘tish uchun metod tanlash ko‘zlangan maqsad, qo‘yilgan vazifalarga, ma’lum bir metodning imkoniyatlari va boshqa qator omillarga ko‘ra belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi barcha omillarni hisobga olgan holda mavjud mezonlar yordamida dars o‘tish metodini tanlashi lozim. O‘tgan asrning o‘rtalaridan metodlarni Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling