faol (aktiv) va passiv
guruhlarga ajratishga harakat kuchaydi. Ayniqsa interaktiv metodlarni
qo‘llash keng targ‘ib qilina boshlandi. Ko‘pgina pedagog va
psixologlarning fikricha, metodlarni aktiv va passiv guruhlarga bo‘lish
noto‘g‘ri, uni shunday bo‘lishga aslida o‘qituvchi va o‘quvchi, talabalar
sababchi, deyishadi. Umuman olganda metodlarni guruhlarga bo‘lish,
ularning u yoki bu jihatlariga ko‘ra shartli ravishda amalga oshirilishini
hisobga olsak, bunday guruhlash ham o‘z maqsad, vazifasiga ega.
Dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarni shartli ravishda: an’anaviy
dars o‘tish, faol uslublar, hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv
metodlarga ajratish nuqtai nazardan qarasak,
an’anaviy dars
o‘tishda
darsning asosiy maqsadi ko‘proq tushuntirishga qaratilgan bo‘lib,
o‘qituvchi - bilim o‘rgatuvchi, o‘quvchi-talaba bilim oluvchi bo‘lib,
ularni o‘rganilayotgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini nazorat
qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi. Bunday dars
an’anaviy
strategiyaga qurilgan bo‘ladi.
O‘qituvchi bilan talabalar
o‘rtasida qaytar aloqa ta’minlansa faol,
dars jarayonida o‘quvchi,
talabalar o‘rtasida hamda ular bilan o‘qituvchi orasida yuqori darajada
hamkorlik o‘rnatilsa, interaktiv strategiya qo‘llanilgan hisoblashadi.
1) An’anaviy strategiya 2) Faol strategiya 3) Interaktiv strategiya
Odatda bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish yo‘llarini
fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo‘llasa
bo‘lishini muhokama qilishda o‘rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish
kerakki, muhokama jarayoni uni javoblaridan ham muhimroq.
Ta’limning interaktiv metodlarini maqsadi bilim berish emas, balki
o‘quvchi, talabalarda mustaqil ravishda o‘qish, izlanish, savollarga javob
topish, qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Aslida barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |