Iqtisod-moliya
T sxema taqqoslash, baholashni o‘rgatuvchi metodlar orasida alohida o‘rin tutadi. U аyrim аdаbiyotlаrdа “vееr”
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
T sxema
taqqoslash, baholashni o‘rgatuvchi metodlar orasida alohida o‘rin tutadi. U аyrim аdаbiyotlаrdа “vееr” , аyrimlаridа “yеlpig‘ich” dеb hаm bеrilgаn. Uncha katta bo‘lmagan maydonda katta ma’noga ega bo‘lgan materialni ikki xil (ko‘pincha bir-biriga zid) ma’lumot: axborot, turli qarashlarni taqqoslashning universal sxema – chizma (jadval) tarzda ifodalash orqali taqqoslash va tahlil qilishni o‘rgatuvchi metod. Shuning uchun odatda ko‘proq sxema, jadval deb yuritiladi. Bu metod insonning ikki yoqlamaliligiga ham mos tushadi. Insondagi ikkiyoqlamalilik, eng avvalo, ma’naviyat va moddiylikni murakkab tarzdagi o‘zaro birligi va uning bir-biriga o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. U o‘quvchi-talabalarni axborot, ma’lumotlarga ikki nuqtai nazardan yondashishga, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha mavjud qarashlarni taqqoslash, ular asosida qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Ayniqsa, farqlanuvchi qarama-qarshi, xilma-xil qarashlarni, ma’lumot va axborotlarni malum bir mezonlar bo‘yicha ifodalash uchun nihoyatda qulay. Agar ana shu mezonlarni talabalarning o‘zi ishlab chiqsa, dars yanada samarali bo‘ladi. Odatda T-sxema bir-biriga qarama-qarshi (antonim) fikrlar, qarashlar, malumotlar, axborotlarni ifodalaydi. Ularni ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, minimal/ maksimal kabilar orqali ko‘rsatish mumkin. Bunda qo‘yilayotgan maqsad o‘rganilayotgan mavzu, savol yoki qarashlarni mazmuniga ko‘ra, o‘qituvchi taqqoslash variantlarini ishlab chiqadi. T-sxema uncha katta bo‘lmagan maydonda katta manoga ega bo‘lgan materialni bir-biriga qarama-qarshi (antonim) fikrlar, qarashlar, malumotlar, axborotlarni ifodalash imkonini beradi. U, ayniqsa, modul yoki ma’lum bir qarashlar mazmunini umumlashtirishda foydalanishga juda qulay. T-sxemani mustaqil tizimi bo‘yicha berilgan topshiriqlar 135 talabalarni iqtisodiy fikrlashini rivojlantirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ajratilgan vaqt orasida o‘rganilayotgan mavzuga tegishli axborotlar, ma’lumotlarni ikki nuqtai nazardan yondashib tahlil qilinadi. U tanqidiy mushohada qilish, taqqoslash, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Uni individual, juftlikda qo‘llash, so‘ngra ular asosida butun guruh bo‘yicha yagona T jadval tuzish mumkin. T-sxemaga misol sifatida yuqorida keltirilgan dars o‘tish metodlarining afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, minimal/maksimal kabilar orqali ko‘rsatish mumkin (6-ilоvаgа qаrаng). Adabiyotlarda berilgan “Yelpig‘ich” texnologiyasi ham shunga o‘xshash. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling