Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet117/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Paradokslar tayyorlash.
Iqtisodiy paradoksni qanday tuzish 
mumkin?
1. Sizga g‘alati tuyulgan voqea, hodisa, narsalarga diqqat qiling. 
2. Muammoni aniqlab, hamma uchun tushunarli dastlabki fikrni
ifodalang.
Masalan: Oziq-ovqatga narxlar pаst bo’lishi kerak. Biz har bir
odamni yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz. 
3. Muammoga boshqa tomondan yondashing. Unga qarama-qarshi
fikr o‘ylab toping. U ham birinchi gap, taklif, fikrga o‘xshab mulohazali, 
oqilona bo‘lishi kerak. Masalan: Qayerda oziq-ovqat mahsulotlarining
bahosi bozor muvozanati bahosidan past bo‘lsa, u yerda peshtaxtalar 
bo‘sh bo‘ladi.
4. O‘quvchi-talabalarga noiqtisodiy g‘oya va fikrlar sabablarini 
chetda qoldirish, ularga e’tibor bermaslikni maslahat beriladi. Uning
o‘rniga “iqtisodiy fikrlash tarsi” tamoyillarini qo‘llab, muammoni 
iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, tushunishga da’vat qilinadi.
U holda biz iqtisodiy muammoni quyidagicha qo‘yishimiz mumkin: 



148
Oziq-ovqatga yuqori narxlarni rag‘batlantirish kerak. Biz har 

bir odamning yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz”.
Haqiqatan ham baholar rag‘batlantiruvchi stimul tarzida amal qiladi. 
Agar baholar haddan tashqari past bo‘lsa, dehqonlarning ixtiyoriy
ravishda hamma uchun zarur bo‘lgan ovqat tayyorlanadigan ekinlarni 
ekishga rag‘bati past bo‘ladi. Nisbatan yuqori baholar ularni ixtiyoriy
ravishda bunday ekinlarni ekishni ko‘paytirishga olib keladi. Chunki 
taklif qonuniga ko‘ra ishlab chiqarish hajmi narxga to‘g‘ri proporsional.
5. Qo‘shimcha misollarni o‘rganib, ko‘rsatilgan iqtisodiy 
tamoyillardan kelib chiqib, yechimi tekshiriladi. Biz yuqоridа “Lеоntеv
pаrаdоksi”ni ko‘rib chiqdik.


Parаdokslar tanlovining maqsadi: 
O‘quvchi, talabalarni mahalliy yoki milliy iqtisodiyot miqyosidagi 
misollardan foydalanib, iqtisodiy paradokslarni ko‘ra bilish va bundan
kelib chiqqan holda o‘ylab topish va ishlab chiqish mahoratlarini 
aniqlash. Tanlovni quyidagi variantlarda o‘tkazish mumkin:
1. O‘quvchi, talabalarga iqtisodiy paradokslarni topib, tayyorlanib 
kelish uyga vazifa qilib beriladi. Ular uyda paradokslarni o‘z javob
varianti bilan tayyorlab kelib, tanlov hay’ati hukmiga havola qilishadi. 
2. O‘quvchi, talabalar iqtisodiy paradokslar va ularning javob
variantlarini hay’atga topshirishgach, tanlovda “Iqtisodiy ring” tashkil 
etiladi.
Bunda

o‘quvchi-talabalar


komandalarga 
bo‘linishadi.
Komandalar 
konkursning
boshqa

qatnashchilari


tayyorlagan 
paradokslarga javob berishadi. Komandalar paradokslarni ma’nosini
tushuntirib, o‘z javoblarini berishadi.
3. O‘qituvchi yoki hay’at a’zolari konkurs qatnashchilariga iqtisodiy
paradokslarga o‘z javob variantlarini berishni taklif qilishadi.
Hay’at vazifani bajarish sifati va raqiblarning savol, javobiga ko‘ra
komandalarni baholaydi. 
Hay’at a’zolari iqtisodiy paradokslar

va topishmoqlarni baholashlari 


uchun uning mezonlari ishlab chiqilib, ularga tarqatiladi (ilovaga
qarang).
Paradokslar kabi
topishmoqlar
ni tayyorlab kelishni o‘quvchi-
talabalarning o‘ziga topshirish ularni fikrlashga, u yoki bu kategoriya,

tushuncha, atamalarning mazmuni, o‘ziga xos jihatlariga alohida 


ahamiyatga ega jihatlariga, xususiyatlariga diqqat qaratishga o‘rgatadi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling