Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqatga yuqori narxlarni rag‘batlantirish kerak. Biz har bir odamning yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz”.
- Parаdokslar tanlovining maqsadi
Paradokslar tayyorlash.
Iqtisodiy paradoksni qanday tuzish mumkin? 1. Sizga g‘alati tuyulgan voqea, hodisa, narsalarga diqqat qiling. 2. Muammoni aniqlab, hamma uchun tushunarli dastlabki fikrni ifodalang. Masalan: Oziq-ovqatga narxlar pаst bo’lishi kerak. Biz har bir odamni yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz. 3. Muammoga boshqa tomondan yondashing. Unga qarama-qarshi fikr o‘ylab toping. U ham birinchi gap, taklif, fikrga o‘xshab mulohazali, oqilona bo‘lishi kerak. Masalan: Qayerda oziq-ovqat mahsulotlarining bahosi bozor muvozanati bahosidan past bo‘lsa, u yerda peshtaxtalar bo‘sh bo‘ladi. 4. O‘quvchi-talabalarga noiqtisodiy g‘oya va fikrlar sabablarini chetda qoldirish, ularga e’tibor bermaslikni maslahat beriladi. Uning o‘rniga “iqtisodiy fikrlash tarsi” tamoyillarini qo‘llab, muammoni iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, tushunishga da’vat qilinadi. U holda biz iqtisodiy muammoni quyidagicha qo‘yishimiz mumkin: 148 “Oziq-ovqatga yuqori narxlarni rag‘batlantirish kerak. Biz har bir odamning yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz”. Haqiqatan ham baholar rag‘batlantiruvchi stimul tarzida amal qiladi. Agar baholar haddan tashqari past bo‘lsa, dehqonlarning ixtiyoriy ravishda hamma uchun zarur bo‘lgan ovqat tayyorlanadigan ekinlarni ekishga rag‘bati past bo‘ladi. Nisbatan yuqori baholar ularni ixtiyoriy ravishda bunday ekinlarni ekishni ko‘paytirishga olib keladi. Chunki taklif qonuniga ko‘ra ishlab chiqarish hajmi narxga to‘g‘ri proporsional. 5. Qo‘shimcha misollarni o‘rganib, ko‘rsatilgan iqtisodiy tamoyillardan kelib chiqib, yechimi tekshiriladi. Biz yuqоridа “Lеоntеv pаrаdоksi”ni ko‘rib chiqdik. Parаdokslar tanlovining maqsadi: O‘quvchi, talabalarni mahalliy yoki milliy iqtisodiyot miqyosidagi misollardan foydalanib, iqtisodiy paradokslarni ko‘ra bilish va bundan kelib chiqqan holda o‘ylab topish va ishlab chiqish mahoratlarini aniqlash. Tanlovni quyidagi variantlarda o‘tkazish mumkin: 1. O‘quvchi, talabalarga iqtisodiy paradokslarni topib, tayyorlanib kelish uyga vazifa qilib beriladi. Ular uyda paradokslarni o‘z javob varianti bilan tayyorlab kelib, tanlov hay’ati hukmiga havola qilishadi. 2. O‘quvchi, talabalar iqtisodiy paradokslar va ularning javob variantlarini hay’atga topshirishgach, tanlovda “Iqtisodiy ring” tashkil etiladi. Bunda o‘quvchi-talabalar komandalarga bo‘linishadi. Komandalar konkursning boshqa qatnashchilari tayyorlagan paradokslarga javob berishadi. Komandalar paradokslarni ma’nosini tushuntirib, o‘z javoblarini berishadi. 3. O‘qituvchi yoki hay’at a’zolari konkurs qatnashchilariga iqtisodiy paradokslarga o‘z javob variantlarini berishni taklif qilishadi. Hay’at vazifani bajarish sifati va raqiblarning savol, javobiga ko‘ra komandalarni baholaydi. Hay’at a’zolari iqtisodiy paradokslar va topishmoqlarni baholashlari uchun uning mezonlari ishlab chiqilib, ularga tarqatiladi (ilovaga qarang). Paradokslar kabi topishmoqlar ni tayyorlab kelishni o‘quvchi- talabalarning o‘ziga topshirish ularni fikrlashga, u yoki bu kategoriya, tushuncha, atamalarning mazmuni, o‘ziga xos jihatlariga alohida ahamiyatga ega jihatlariga, xususiyatlariga diqqat qaratishga o‘rgatadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling