Iqtisod-moliya
Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi
Iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qo‘llashni o‘rganish uchun eng qulay metodlardan biri “Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi” hisoblanadi. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘quvchi-talabalar iqtisodiy konsepsiyalarni bilishlari zarur. Ular o‘quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniq va izchil tassavvur qilish, fikr yuritishlariga yordam beradi. Buning uchun o‘quvchi-talabalarga ana shunday ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradigan iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tayyorlashni topshirib, ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish mumkin. “Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi” metodining mazmuni Iqtisodiyotni o‘rganishda va tadqiq qilish iqtisodiy topishmoq, paradokslarni yechishda deduktiv fikr yuritishni taqozo qiladi. Bu yerda “deduktiv” fikr deganda, ilmiy jihatdan iqtisodiyot bizni ma’lum tamoyillar, ilmiy taxminlar bilan qurollantiradiki, ulardan masala, muammolarni yechishda foydalanamiz. Ulardan foydalanish o‘quvchilarga go‘yoki start maydoni – foydali va foydasiz mulohazalarni ajratishga yordam beradi. 75 Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. Т.: O‘zbekiston, 1993. 8 b. 147 Paradokslar tanlovi iqtisodiyotni chuqur o‘rganishga, nima sababdan u yoki bu qonunni qabul qilish va uning natijasini anglab yetishni o‘rganishga yo‘naltiradi. Quyidagi ilmiy taxminlar “odamlarni iqtisodiy fikrlash tarzi”dan tadqiqiy masalalarni yechishda foydalaniladi. Iqtisodiy paradokslarning javoblari ulаrgа tayanadi: 1. Kishilar tanlaydilar. 2. Tanlov xarajatlar bilan bog‘liq. 3. Odamlar rag‘batlantirishga qanday qarashlarini oldindan taxmin qilish mumkin. 4. Odamlar iqtisodiy tizim yaratadilar. U o‘z navbatida individual tanlov va stimullarga ta’sir etadi. 5. Odamlar ixtiyoriy almashuvdan doimo yutadilar. Odamlarning tanlovi kelajakda namoyon bo‘ladigan oqibatlarga olib keladi. 6. Bozorning kamchiliklarini hukumat to‘ldirishi mumkin. Paradokslar va topishmoqlar o‘rganilayotgan mavzular va ularda muhokama qilinadigan savollarga bog‘lab o‘rganiladi. Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovini o‘tkazishdan avval albatta o‘quvchi-talabalarga ularni qanday tuzish kerakligini ko‘rsatish lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling