Iqtisod-moliya
resurslarning cheklanganligi
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаhliliy –ijodiy vаzifalаrni guruh bo‘lib yеchish”
- Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “Xolvaning ozi
resurslarning cheklanganligi
tanlash va tanlov variantlarining muhimligi jihatidan ketma-ketligini aniqlashni obyektiv zaruriyat qilib qo‘yishi, glоbаl muаmmоlаrning kеskinlаshib bоrishi ulаrni yechish uchun o‘z navbatida ijodkorlikni talab qiladi. Talabalarda ana shunday ko‘nikma hosil qilish kerak. Bundаy ko‘nikmаlаr ijоdkоrlikni rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn mеtоdlаr yordаmidа аmаlgа оshirilаdi. “Tаhliliy –ijodiy vаzifalаrni guruh bo‘lib yеchish” va “Delfa” mеtоdlari aynan ana shu maqsadga qaratilgan. 144 Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda maqollar Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Jumladan, iqtisodiy fanlardan dars berishda xalq pedagogikasi yutuqlaridan keng ravishda foydalanishni bilish ham muhim ahamiyatga ega. Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan, rivojlangan bo‘lib, xalq tomonidan yaratilgan hayotiy an’analar, udumlar, marosimlar, bayramlar va boshqalarda o‘z aksini topgan, tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan umumbashariy, umuminsoniy g‘oya va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy qarashlar ma’lum bir davrda xalqning an’analari, udumlari yaratilgan tajribalar orqali kishilarga ta’sir etgan bo‘lsa, diniy qarashlarning shakllanishi tufayli ular diniy nuqtai nazardan axloqiy normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga yetkazilgan. Xalqning ta’lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan, etnopedagogikada alohida o‘rganiladigan, durdona fikrlar bu maqollardir. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar – maqollardir. G.Fuller fikricha “ Maqollar katta ma’noni uch- to‘rt so‘z bilan ifodalanadigan shaklidir”. Maqollar odamlarnining hayoti va turmushi jarayonida to‘plagan tajribalari, dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga munosabati, hayotning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. U xalqning kuzatuvi va xulosasi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa ularning axloq va odobiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir. Qadimdan maqollar tarbiyalovchi rol o‘ynagan. Bir tomondan pedagogik g‘oya, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta’sir, ta’lim berish funksiyasini bajargan. Shu tufayli ta’lim-tarbiyada samarali metod sifatida ularni keng qo‘llash ijobiy natija beradi. Maqollar bu o‘tmish emas, balki xalqning doimiy yangraydigan jo‘shqin ovozi. U bugunnigina emas erta uchun ham ahamiyatini yo‘qotmaydi. Maqollarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tinglovchiga o‘git-nasihat yo‘sinida badiiy o‘xshatishlar orqali aytiladi. Yoki keng ma’noli fikrni osongina tushunishga yordam beradi. 145 Barcha xalqlarda mehnatga yo‘llash, halollik pedagogikaning bosh vazifasi. Ular maqollarda ham o‘z ifodasini topadi. Tarixiy va pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, mehnat shaxsni axloqiy, aqliy, jismoniy kamol topishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Dangasalik xalqlar tomonidan hayot kechirishga yot bo‘lgan xislat sifatida doimo qoralangan. Mehnat orqali tarbiyalash insonning ulug‘vor, mehnatsevar, izchil va mas’uliyatli bo‘lishiga olib keladi Xalq mehnatni jamiyat taraqqiyotidagi rolini hisobga olibgina qolmay, mehnatni uning natijasini qadrlashga o‘rgatgan. Barcha xalqlarda mehnat, halollik ulug‘langan. Ularni iqtisodiy pedagogikada, iqtisodiyotni o‘rganishda muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Shu bilan birga shunday maqollar borki, ular iqtisodiyotdagi murakkab kategoriyalarni osonlik bilan tushunishga yordam beradi. Masalan, iqtisodiyotda marjinal (me’yoriy) naflilikning pasayib borishi mavjud, Ne’matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi tovarlarni ko‘paytiradigan xaridor uchun ular qadrining pasayishi bilan bog‘liq. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda cheklangan kamyob ne’matlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ehtiyojlar to‘yingan sari nafliligi kamayib boradi. Ular nisbatan murakkab tushunchalar bo‘lib ularni o‘rganishda naflilik nazariyasi mohiyatini ifodalovchi “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “Xolvaning ozi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling