Iqtisod-moliya
Д. Стил, К. Мередит, Ч. Темпл
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlarni yig‘ishga mo‘ljallangan metodlarga jadval
- Toifali jadval metodi
Д. Стил, К. Мередит, Ч. Темпл.
Чтение, письмо и дискуссия в каждом учебном предмете. (Пер. с анг.) Пособие в 8–томах, Бишкек, 1998 . 139 To‘rtinchi qatorda bir so‘z bilan ifodalangan mavzu, muammoga aloqadorlikni ko‘rsatuvchi to‘rt so‘zdan hissiyotni ifodalovchi gap (ibora) tuzib yoziladi. Beshinchi qatorda mavzuning mohiyatini takrorlovchi bir so‘zdan iborat sinonim yoki mohiyatini yangicha ifodasi yoziladi. Sinkveyn metodini nisbatan adabiyot, falsafa, tarix va boshqa shunga o‘xshash fanlarda qo‘llash osonroq. Sababi, ularning sifati va harakati bilan bog‘lovchi sinonim so‘zlarni topish oson. Iqtisodiy fanlardan esa kategoriyalarning sinonimini topish qiyinroq. Lekin uni boshqacha usullar bilan qo‘llasa bo‘ladi. Ana shu qiyinchilik uni qo‘llashni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Senkveyn metodidan iqtisodiy kategoriyalarni o‘rganishda foydalanishni quyidagi misol yordamida ko‘rish mumkin (Ilovaga qarang). Axborotlarni yig‘ishga mo‘ljallangan metodlarga jadval tuzish va ulardan foydalanish ham kiradi (alohida metod sifatida to‘xtalib o‘tdik). Bu metod ayniqsa iqtisodiy fanlardan statistika, buxgalteriya hisobi, tahlil kabi fanlarda keng qo‘llaniladi. Jadval tuzish, qo‘yilgan maqsadga ko‘ra uning ega, kesimini aniqlash qoidalari statistika fanida o‘rganiladi. Biz esa ulardan fanni o‘quvchi-talabalar ongiga yetkazish metodi, fanni o‘rganishda qanday tarzda qo‘llashga ahamiyat berishimiz darkor. Toifali jadval metodi Iqtisodiy fanlarni o‘rganish, uning mazmun-mohiyati iqtisodiy kategoriyalar, ko‘rsatkichlar, ularga ta’sir qiluvchi omillar, turli-tuman ma’lumotlar, dalillar bilan chambarchas bog‘liq. Ular raqamlarda ifodalangan axborotlarni yig‘ish, bular asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish, taqqoslash, mushohada qilish, baholash oson bo‘lishi uchun qo‘yilgan maqsadga ko‘ra toifalarga, guruhlarga ajratib jadvallarda ifodalaymiz. Jadvallarimiz ham juda
axborotni
mujassalashtiradi. Axborotlarni yig‘ishga qaratilgan metodlar orasida o‘ziga xos o‘rin tutuvchi, olingan turli-tuman axborot, ma’lumotlarni o‘rganish, ulani tahlil qilish, xulosa chiqarish va qaror qabul qilishni osonlashtirish maqsadidan kelib chiqqan holda umumiy jihatlari, alomatlari, xususiyatlariga ko‘ra toifa (guruhlar)ga bo‘lib o‘rganishga asoslangan metod – toifali jadval metodidir. “Toifali jadval metodi” interaktiv metodlar tizimida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Toifa - xususiyat va munosabatlarni muhumligini namoyon 140 qiluvchi umumiy alomatni ifodalaydi. Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tizimga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Uni shu nuqtai nazardan taqqoslashga qaratilgan metodlar guruhiga ham qo‘sha olamiz. Talabalar dars da’vomida toifali sharhlashni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Aqliy hujum, klaster tuzish, yangi o‘quv materiali bilan tanishishdan so‘ng, kichik guruhlarda olingan ma’lumot lavhalarini bitlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlaydilar. Toifalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashtiradilar. G‘oyalarni ma’lumotlarni toifaga mos ravishda bo‘ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi mumkin . Yangilari paydo bo‘lishi mumkin. Oxirida esa talabalar ish natijalari taqdimotini havola etadilar. Tоifali jadval tuzish va uni sharhlash qoidasi: 1. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling