Iqtisod-moliya


T sxema  taqqoslash, baholashni o‘rgatuvchi metodlar orasida  alohida o‘rin tutadi. U аyrim аdаbiyotlаrdа “vееr”


Download 1.64 Mb.
bet106/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

T sxema 
taqqoslash, baholashni o‘rgatuvchi metodlar orasida 
alohida o‘rin tutadi. U аyrim аdаbiyotlаrdа
vееr”
, аyrimlаridа 

yеlpig‘ich”


dеb hаm bеrilgаn. Uncha katta bo‘lmagan maydonda katta 
ma’noga ega bo‘lgan materialni ikki xil (ko‘pincha bir-biriga zid)
ma’lumot: axborot, turli qarashlarni taqqoslashning universal sxema – 
chizma (jadval) tarzda ifodalash orqali taqqoslash va tahlil qilishni
o‘rgatuvchi metod. Shuning uchun odatda ko‘proq sxema, jadval deb 
yuritiladi.
Bu metod insonning ikki yoqlamaliligiga ham mos tushadi. 
Insondagi ikkiyoqlamalilik, eng avvalo, ma’naviyat va moddiylikni
murakkab tarzdagi o‘zaro birligi va uning bir-biriga o‘zaro ta’siridan 
kelib chiqadi.
U o‘quvchi-talabalarni axborot, ma’lumotlarga ikki nuqtai nazardan 
yondashishga, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha mavjud qarashlarni
taqqoslash, ular asosida qaror qabul qilishga o‘rgatadi. 
Ayniqsa, farqlanuvchi qarama-qarshi, xilma-xil qarashlarni,
ma’lumot va axborotlarni malum bir mezonlar bo‘yicha ifodalash uchun 
nihoyatda qulay.
Agar ana shu mezonlarni talabalarning o‘zi ishlab chiqsa, dars 
yanada samarali bo‘ladi. Odatda T-sxema bir-biriga qarama-qarshi
(antonim) fikrlar, qarashlar, malumotlar, axborotlarni ifodalaydi. Ularni 
ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, minimal/ maksimal kabilar orqali
ko‘rsatish mumkin. Bunda qo‘yilayotgan maqsad o‘rganilayotgan 
mavzu, savol yoki qarashlarni mazmuniga ko‘ra, o‘qituvchi taqqoslash
variantlarini ishlab chiqadi.
T-sxema uncha katta bo‘lmagan maydonda katta manoga ega
bo‘lgan materialni bir-biriga qarama-qarshi (antonim) fikrlar, qarashlar, 
malumotlar, axborotlarni ifodalash imkonini beradi. U, ayniqsa, modul
yoki ma’lum bir qarashlar mazmunini umumlashtirishda foydalanishga 
juda qulay. T-sxemani mustaqil tizimi bo‘yicha berilgan topshiriqlar




135
talabalarni iqtisodiy fikrlashini rivojlantirishga juda katta ta’sir 
ko‘rsatadi.
Ajratilgan vaqt orasida o‘rganilayotgan mavzuga tegishli axborotlar, 
ma’lumotlarni ikki nuqtai nazardan yondashib tahlil qilinadi. U tanqidiy
mushohada qilish, taqqoslash, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Uni 
individual, juftlikda qo‘llash, so‘ngra ular asosida butun guruh bo‘yicha
yagona T jadval tuzish mumkin. T-sxemaga misol sifatida yuqorida 
keltirilgan dars o‘tish metodlarining afzalliklari va kamchiliklarini
ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, 
minimal/maksimal kabilar orqali ko‘rsatish mumkin (6-ilоvаgа qаrаng).
Adabiyotlarda berilgan “Yelpig‘ich” texnologiyasi ham shunga 
o‘xshash.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling