Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinkveyn metodi X Y XYZ Z XZ XY
Venn diagrammasi
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda taqqoslashga qaratilgan metodlardan Venn diagrammasi ( Venn diagrams ) ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. U qator vizuallashtirish metodlari va grafik tarzdagi illyustratsiya usullarining umumiy nomi bo‘lib, ingliz faylasufi, matematigi, mantiqshunosi Jon Venn asos solgan. Hozirda fanlarning turli sohalarida, ayniqsa, matematika, ehtimollar nazariyasi, mantiqshunoslik, statistika, kompyuter va u bilan bog‘liq fanlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu diagramma iqtisodiy kategoriyalarning umumiy va farqlanuvchi tomonlarini o‘rganishga ham juda qulay. Odatda o‘quvchi, talabalar bir-biriga o‘xshash kategoriyalarni farqini ko‘rsatishga qiynalishadi. Undan ayniqsa iqtisodiy kategoriya, tushunchalar, jarayonlar va boshqalarning umumiy tomonlari va farqlanuvchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash, baho berishda keng foydalanish mumkin. Venn diagrammasining eng oddiy shakli ikki kategoriya, tushuncha, predmet, voqea, hodisalarning o‘xshash va farqlanuvchi tomonlarini ko‘rsatishdir. Mazkur diagrammaning afzalligi shundaki, uning yordamida o‘xshash yoki umumiy tomonlarni talabalar ongiga yetkazish osonlashadi. Venn diagrammasi asosida ishlashni individual, juftlikda, kichik guruxlar bilan tashkil etish mumkin. Sinkveyn metodi X Y XYZ Z XZ XY YZ Х XY Y 138 O‘rganilayotgan materialni yaxshiroq anglash uchun qo‘llaniladigan metodlardan biri - Sinkveyn (axborotni yig‘ish) metodidir. Murakkab g‘oya, fikr, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash, ularga xos sifat belgilari, amalda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish orqali mavzuni yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam beradigan metod.
Sinkveyn – (sink - fransuzcha besh) besh qatordan iborat, o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea, mavzu haqidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi, talaba so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. XX asrning boshlarida amerikalk shoira Аdеlаidа Krepsi she’rning yangicna besh qatordan iborat shaklini yaratdi. Uning asosida tahliliy fikrlash, qo‘yilgan savollarga guruh miqyosida javob berish, turli strategiyalarni tizimli qo‘llashga qaratilgan bu metodni AQSHlik D. Stil, K. Meredit, Ch.Templ ishlab chiqishgan. 73 Sinkveyn tuzish murakkab g‘oya, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam beradi. Metodni sinonimi bor iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Amaliyotda sinkveyn: • murakkab axborotni sintezlash quroli; • talabalar tushunchalar zaxirasini baholash vositasi; • fikrni ijodiy ifodalash vositasi sifatida juda foydalidir. Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor, ayni zamonda muhim qurol hisoblanadi. Sinkveyn ma’lum bir mavzu o‘rganilgandan so‘ng tuzilsa, uning asosiy xususiyatlari, mohiyati tushunilib, yakunlanadi. Sinkveyn materiallar ustida o‘ylashga, murakkab axborotni sintezlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi. Sinkveyn besh qatordan iborat bo‘lib, birinchi qatorda bir so‘z bilan mavzu yoki muammo yoziladi (odatda ot turkumiga oid so‘z bilan). Ikkinchi qatorda bir so‘z bilan ifodalangan mavzu yoki muammo ikki so‘z bilan tavsiflanadi (sifat turkumiga oid ikki so‘z bilan). Uchinchi qatorda ushbu mavzu yoki muammo bo‘yicha xatti - harakatlar uch so‘z bilan xarakterlanadi. 73 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling