Iqtisod-moliya


 Ma’ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 1.64 Mb.
bet163/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

5.2. Ma’ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar 
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda talabalarning ijodiy fikrlarini 

rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatishi, ularni jamiyat rivojlanishi iqtisodiy


qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan 
amaliyotni bog‘lash mahoratini hosil qilishlari uchun ma’ruza quyidagi
asosiy talablarga javob berishi kerak.

Bаrchа ma’ruzalarga, jumladan iqtisodiy fanlardan o‘qilаdigаn 


ma’ruzalarga qo‘yiladigan asosiy talablarni

ikki guruh
ga ajratish 
mumkin:

A) Ma’ruza tayyorlash shakli, mazmuniga, boshqacha aytganda 


ma’ruza matniga qo‘yiladigan talablar;


B) Ma’ruza o‘qishga, uni bаyon qilishgа qo‘yiladigan talablar.


96

Ma’ruza matni har bir fanning ishchi o‘quv dasturi asosida,


mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning uchun 
mavjud adabiyotlar o‘rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig‘iladi.
Ma’lum bir yo‘nalishga, iqtisodiyotni asosiy qonunlari, 
tendensiyalari,
tamoyillari, 
ijtimoiy,
iqtisodiy 
taraqqiyotning
muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, 
yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini
tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan 
nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan
hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish 
bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi
kerak.

Birinchi


guruh,

ma’ruza
matniga

qo‘yiladigan
talablar 
quyidagilardan iborat: o‘qituvchi ma’ruzaning detallashtirilgan rejasi,
boshqacha aytganda texnologik xaritasini tuzishi zarur. U aniq va lo‘nda 
ifodalangan butun ma’ruza mazmunini qamrab oluvchi masalalarni o‘z
ichiga olishi lozim.

Bayon qilinishi ko‘zda tutilgan masalalar mantiqiy izchillikda 


yoritilishi hamda ular qisqacha xulosalar bilan yakunlanishi kerak.


Ma’ruza matni kirish, asosiy va yakuniy qism, ya’ni xulosa 

qismlaridan iborat bo‘ladi. Ma’ruzaning mazmuni ochib beriladigan


asosiy qismida quyidagi jihatlarga e’tibor berilishi lozim:

a) ma’ruzaning g‘oyaviy nazariy jihatlari:


96


Tojiboeva D., Yoldoshev A. Maxsus fanlarni oqbtish metodikasi. Darslik. T.: Aloqachi, 2009. B. 104-114



207
* ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qabul 
qilingan qonunlar, normativ hujjatlar hamda atoqli davlat arboblari
asarlaridan sitatalar keltirilishi;

* mavzuning asosiy tushunchalarini o‘quv dasturiga mos ravishda 


ochib berilishi;

* ma’ruza matnining ilmiyligi; O‘zbekiston Respublikasining 

amaldagi qonunlari mavzularda aks ettirilganligi;

* ma’ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi 

masalalarning berilishi;

* ma’ruza matnlarida milliy mustaqillik, Milliy g‘urur, Vatanga 
muhabbat, xalqqa sadoqat kabi bunyodkorlik g‘oyalarini aks etishi;
* nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi;

* o‘rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o‘rni 


belgilanishi va boshqalar.


b) ma’ruzaning metodik jihatlari:

- ma’ruzaning mantiqiydigi va isbot talab qilmasligi; 

- materialni savodli va mazmundor tarzda berilishi;

- o‘quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;


- tarbiyaviy yo‘nalishga ega ekanligi. Mavzuni o‘rganishning 

maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo‘yiladi, mavzuni yoritish


metodi tanlanadi.
Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida
yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon 
etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga
xos

xususiyatlari


bilan bog‘liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi
kerak emas, fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning 
amaliyotda
qanday

ahamiyatga


ega

ekanligini,


hayotda

real
muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo‘llarini ham 


ko‘rsatishi kerak.
Ma’ruza qanday fandan o‘qilishidan qat’iy nazar, ilmiy xarakterga 
ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy
g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ishonchga 
aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya
bilan muloqotga kirishishdir.
Ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Bu
tаyyorgаrlik tаshkiliy, nаzаriy, mеtоdik tаyyorgаrlikdаn ibоrаt. 
Mа’ruzаgа tаyyorgаrlik birinchi navbatda tаshkiliy tаyyorgаrlikdаn




208
bоshlаnаdi. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling