210
Ma’ruza matnini yozishga tayyorlanish va
yozish jarayoni
Raqamlar, ma’lumotlar o‘rganilayotgan predmetning mazmunini
tasavvur etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy fanlar bo‘yicha o‘qiladigan ma’ruzada faktlar, real
ma’lumotlarning o‘z o‘rni bor. Chunki ular iqtisodiy jarayon,
muammolarni mohiyatini ochishga yordam beradi. Lekin ulardan
mahorat bilan foydalanishgina kutilgan natijani beradi.
Buning uchun
qonuniy bog‘lanishlar, tendensiyalarni ko‘rsata oladigan raqamlarni
qo‘llash kerak.
Albatta raqamlardan o‘z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish,
mumkin. Lekin nazariy qoidalar iqtisodiy
hodisa va jarayonlar
mohiyatiga tushunishda ham muhim rol o‘ynashini yoddan chiqarmaslik
kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan
qochishi kerak.
Iqtisodchilarning fikricha, dalillar, raqamlar qayta
ishlashni talab etadigan ma’lum qurilish materiali, xolos.
Real ma’lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• hozirgi zamon xo‘jalik hayotining o‘ziga
xos ayrim tomonlarini
ko‘rsatishi, ko‘z o‘ngiga keltirishiga yordam berishi;
• sinchkovlik bilan ularni tanlab olish hodisani o‘rganishga, uning
o‘ziga
xos tomonlari, tutgan o‘rnini aniqlashga yordam berishi;
• ma’lumotlar, dalillarni tanlayotganda xilma-xil bo‘lishiga
ahamiyat berish, shu bilan birga, tasodifiy faktlardan ehtiyot bo‘lish
Do'stlaringiz bilan baham: