Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Ikkinchidan
, hujjatlashtirish uzluksiz olib boriladi. Shu asosida xo‘jalik muomalalari ishonchliligi ta’minlanadi. Uchinchidan , hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lar ekan, demak ular belgilangan ma’lum qonun-qoidalar asosida yuritilishini bildiradi. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soluvchi huquqiy, me’yoriy hujjatlar to‘rt darajali tizim orqali amalga oshiriladi: “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun hamda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning boshqa me’yoriy hujjatlari; I. Buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish funksiyasi yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va boshqa organlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari; II. Moliya vazirligi va boshqa organlar tomonidan amaldagi qonunlarga mos ravishda va tegishli obyektlarning hisobini tashkil 267 qilishga doir metodik ko‘rsatmalari va tavsiyanomalari, yo‘riqnomalari; IV. Korxonaga bevosita tegishli operatsiyalar va faoliyatga tegishli hisobga doir ishchi yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar, ya’ni korxonalar hisob siyosatini aniqlaydigan hujjatlar. Korxonaning o‘zini buxgalteriya hisobini olib borishdagi birlamchi, ishchi hujjatlari. Shundаy hujjаtlаshtirish, bаnk, mоliya va boshqa muassasa, tаshkilоtlаrigа hаm tеgishli. Nazariya bilan amaliyot birligi buхgаltеriya hisоbichаlik boshqa hech bir iqtisodiy fanlarda bunchalik bir butun tarzda ifodalanmaydi. Lеkin аudit, mоliya, bаnk ishi, bаnklаrdа buхgаltеriya hisоbi vа аudit va boshqa fаnlаridа hаm аnа shu birlikni kuzаtish mumkin. Bu o‘z navbatida har bir yangi o‘zgarishni dars jarayonida e’lon qilish muvofiq ravishda topshiriqlar va ularni bajarishga o‘zgartirish kiritishni talab qiladi. Chunki, qabul qilingan har bir qonun, farmon natijasida xo‘jalik yuritish faoliyatida nimagadir ruxsat beriladi yoki nimadandir cheklanadi. Demak, talabalar undan xabardor bo‘lishlari, kelajakda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini anglab yetishlari zarur. 3. Bu fаnlаrning amaliyot hаmdа pul mаblаg‘lаri hаrаkаti bilаn bog‘liqligi yanа bir umumiy хususiyat – hаmmаsi uchun hisоb-kitоb qilishni zаrurligidа ifоdаlаnаdi. Ulаrning bu fаоliyati qаbul qilingаn qоnunlаr, mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr аsоsidа оlib bоrilаdi. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil etish hamda yuritish O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibini hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi”, asosida amalga oshiradi. Ushbu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qilish hamda olib borishning umumiy tartiblarini belgilaydi. Ayniqsa, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” nomli 21-sonli “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari”ning ishlab chiqilishi, buxgalteriya hisobi sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. 2000-yil 30 martda Moliya vazirligining 37- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 iyun 268 2000-yili Moliya vazirligida 430 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bu standart buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Respublikamizda buxgalteriya hisobini yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish davlat tomonidan o‘rnatilgan buxgalteriya qoidalari asosida yuritiladi. Buxgalteriya hisobi va hisobotga doir qonun hujjatlari buxgalteriya hisobining yagona huquqiy va metodologik asoslarini, uning tashkiliy qismlarini, buxgalteriya faoliyati va moliyaviy hisobot tuzishning asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot taqdim qilishining asosini belgilaydi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan. Belgilangan qonun - qoidalarsiz xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, buxgalteriya hisobining yana bir nihoyatda muhim xususiyati hisob yuritishni qabul qilingan qonun-qoidalar asosida olib borilishidir. Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi dars berish, o‘qitish metodlarini tanlar ekan, albatta, ana shu xususiyatlarni hisobga olishi lozim. Buxgalteriya hisobi hamma korxonalar uchun umumiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ammo, har bir xo‘jalik subyektlari faqat o‘ziga xos bo‘lgan, faoliyat shartlari, maqsad va vazifalarini inobatga olib, hisob siyosatini shakllantirishi mumkin. Bitta korxonaga ma’qul va foydali bo‘lgan tavsiyalar, boshqa korxonalar uchun aksincha bo‘lishi mumkin. Bu fikrlar bank, moliya tashkilotlari faoliyati uchun ham tegishli, ular faoliyati ham qabul qilingan qonun, me’yoriy hujjatlar, muomalalarni ular asosida olib borish, rasmiylashtirish asosiy rol o‘ynaydi. Ularning shakl-shamoyili qanday, qanday qoidalar asosida rasmiylashtiriladi, bularni og‘zaki aytib tushuntirib bo‘lmaydi. Ayniqsa bаnk vа kаssа-pul hujjаtlаri - tuzаtishlаr vа o‘chirib yozishlаrgа umuman yo‘l qo‘yilmаydigаn hujjаtlаr hisoblanadi. Demak, qo‘yilgan maqsadga yetishning samarali yo‘li tarqatma materiallar yordamida mashq qilish. Masalan, kundalik hayotimizda eng ko‘p uchraydigan rasmiylashtiriladigan hujjat, to‘lov cheki. 269 xabarnoma g‘aznachi Uni to‘ldirishni o‘rganish uchun ta’lim oluvchilarga tarqatamiz, to‘ldirishni ko‘rsatamiz. Vaqt belgilaymiz. So‘ngra to‘g‘ri rasmiylash- tirilgan chek ko‘rsatilgan tarqqatma materialni tarqatamiz. Hamma o‘zi to‘ldirgan hujjat bilan solishtirish va xatosini to‘g‘rilashni taklif etiladi. Hujjatlashtirishni, ularni rasmiylashtirishni tarqatma materialsiz, mashq qilmay o‘rganib bo‘lmaydi. Iqtisodiy fanlar ayniqsa Buxgalteriya hisobi, Audit, Banklarda buxgalteriya hisobi va audit fanlarining xususiyatlariga ko‘ra ularni o‘rganishda ko‘rgazmali materiallardan hamda axborot va topshiriq tarzidagi tarqatma materiallardan keng ravishda foydalanish talab etiladi. Ayniqsa, hujjatlashtirishni ularsiz og‘zaki tushuntirish yaxshi natija bermaydi. Har bir darsda qanday hujjat, qay tarzda to‘ldiriladi, albatta talabalar bilan ko‘rib chiqish zarur. Shunday qilib, boshqa hech bir fanni o‘rganish mana shu fanlarchalik namoyish qilinuvchi, ko‘rgazmali material va tarqatma materiallarga muhtoj emas. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling