Iqtisod-moliya
Ko‘zlagan ishni bajargandan keyingi dam olish, ishni bajarmay
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Ko‘zlagan ishni bajargandan keyingi dam olish, ishni bajarmay
dam olishga qaraganda ko‘ngilliroq bo‘ladi. Buni yoddan chiqar- maslik kerak. Chunki odam bajarilishi zarur bo‘lgan ishning tashvish yukidan xalos bo‘ladi! Talabaning sog‘lom bo‘lishi, to‘g‘ri kamol topishi, ko‘p jihatdan qat’iy kun tartibiga amal qilishi, gigiena madaniyatiga bog‘liq, qat’iy kun tartibiga amal qilish insonni ritm bilan bir zaylda ishlashga odatlantiradi. Kun tartibiga rioya qilmaslik yoki uning butunlay yo‘qligi (vaqtida ovqatlanmaslik, yetarlicha uxlamaslik, dam olmaslik aqliy va jismoniy mehnatning betartibligi) - bularning hammasi a’zoi-badanni bo‘shashtiradi, tananing butun hujayralarini, xususan, bosh miya hujayralarini ishlashini yomonlashtiradi. Kun tartibini rejalashtirishda uyg‘onish vaqti, ertalabki gimnastika, auditoriyada o‘qish vaqti, kuniga 3-4 marta ovqatlanish, ochiq havoda bo‘lish, aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan almashinishini hisobga olish zarur. Kundalik rejim bir qolipda bo‘lmasligi kerak. Talaba kundalik faoliyatini rejalashtirar ekan, albatta mustaqil ishlashni ham hisobga olish zarur. Unutmang! 1. Dars tayyorlayotganda bir fandan topshiriqni to‘la bajargandan so‘ng tanaffus qiling. Agar topshiriq ko‘p vaqtni oladigan bo‘lsa uni qismlarga bo‘lib bajaring. Chunki tanaffus yana ishga “sho‘ng‘ishingiz” uchun diqqatni jamlashga qo‘shimcha vaqt talab qiladi. 2. Dars tayyorlayotganda boshqa narsalarga e’tibor bermang, maksimal darajada diqqatingizni bajarayotgan vazifangizga qarating. 3. Bajarayotgan ishlaringizni zarurligi va tutgan o‘rniga ko‘ra ketma-ketligini rejalashtiring. 4. Har bir ishni bajarish uchun o‘zingiz muddat belgilang. 5. Bir ishni boshlagach ikkilanmang, chunki ikkilanish ish layoqatingizni yo‘qotadi. Bu qoidalarga bo‘lajak mutaxassis sifatida o‘zingiz rioya qilishingiz kerak bo‘lsa, kelgusida pedagog sifatida shogirdlaringizni ham rioya qilishga undashingiz zarur. 309 Talabalar mustaqil ishlarining samaradorligi vaqt byudjetidan oqilona foydalanishiga bog‘liq. Bunda talabalar vaqtdan foydalanish tajribalarini o‘rganishi, ulardan kelib chiqib, vaqtini taqsimlashi zarur. Talaba-yoshlarning mustaqil mutolaa qilishlari uchun zamonaviy kutubxona, o‘quv zallari, kompyuter markazlari, xalqaro ilmiy axborot markazlari bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Magistrning mustaqil ishining asosiy qismi magistrlik dissertatsiya, ilmiy tezis va maqolalar yozishga qaratilgan. Chunki, magistratura bosqichi o‘quv jarayoninig tarkibiy qismi DTSga muvofiq 50-55 %ini ilmiy faoliyat tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi olingan bilimlarni tizimlashtirish, kengaytirish, mustahkamlash, ilmiy ish, tadqiqot olib borish, ko‘nikmalarini shakllahnirish hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil ishlasnni to‘g‘ri tashkil etishni magistr uchun ahamiyati katta. Tа’lim tizimini mоdulli yondаshuv аsоsidа tаshkil etilishi o‘z nаvbаtidа o‘quvchi-tаlаbаlаrning mustаqil ishlаri bo‘yichа pоrtfоliоsini 119 hаmdа mаsоfаdаn o‘qitishni jоriy etish оrqаli mustаqil ishlаshni muntаzаm bаjаrilishini аmаlgа оshirish imkоnini kеngаytirdi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling