Darsni savollar asosida olib borish metodi -
o‘quv rejasi bo‘yicha
savol-javoblar yordamida talabalarni o‘quv jarayoniga jalb etish, ularda
fikr–mulohaza yuritish, o‘qish, o‘rganish, o‘z fikrini izohlashga ishtiyoq
uyg‘otadigan metod
Delfa metodi -
O‘quvchi-talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan
fikrlarni taqqoslab, baho berish ko‘nikmalarini shakllantirishga
o‘rgatadigan metod
Didaktika
(yunon-didaktikos - o‘qitadigan, o‘rgatadigan) -
pedagogikaning bilim olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy
qismi. Didaktika “nima?” va “nima uchun?” o‘qitish kerak degan
savollar bilan shug‘ullanadi.
Izohlash, tushuntirish
– tushuncha, so‘zning qisqacha ma’nosini
ifodalash: og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli materiallarni
izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Insert metodi
– o‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola
va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida
materialning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema
kabilar) har bir satr boshi (yoki qismi)ning mazmunini baholash orqali,
chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga
(hoshiyasiga) qalam bilan belgi qo‘yib borish orqali o‘z munosabatini
bildirishga o‘rgatuvchi metod.
Interaktiv dars o‘tish metodlari
- dars jarayonida o‘quvchi,
talabalar hamda o‘qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik
o‘rnatiladigan dars o‘tish metodlari.
Ilmiy muammo
– fanda tadqiqot orqali hal qilinadigan asosiy
ziddiyatlar.
Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi -
o‘quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
aniq va izchil tassavvur qilish, fikr yuritish, iqtisodiy konsepsiyalarni
tushunish, real hayotda qo‘llashni o‘rganishlarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |