Iqtisod-moliya


I BOB. O‘ZBEKISTONDА KАDRLАR TАYYORLАSH MОDЕLI


Download 1.64 Mb.
bet5/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

I BOB. O‘ZBEKISTONDА KАDRLАR TАYYORLАSH MОDЕLI 

VА “MAXSUS FАNLАRNI O‘QITISH MЕTОDIKАSI” 

FАNINING PRЕDMЕTI, MАQSАDI, VАZIFАLАRI 
Iqtisodiy hayot nihoyatda murakkab va ko‘p qirrali. Iqtisodiy 

muammolarni bilish, o‘rganish o‘z faoliyatida qo‘llash nafaqat


iqtisodchi mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab 
iqtisodiyot dunyosini tushunishni, iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni
o‘rgatadi. Shuning uchun ham yoshlarning iqtisodiy fanlarni chuqur 
o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy fanlarni yoshlar qiziqib
o‘rganishlarida bu fanlarni o‘qitish, dars berish metodlari va ularni 
mahorat bilan qo‘llay olish alohida ahamiyatga ega. Mazkur fan ana shu
maqsadga qaratilgan. Kitobning birinchi bobi fanning predmeti, dars 
o‘tish metodlari, ularga turli jihatdan yondashish,

didaktika va uning 


metodika bilan naqadar bog‘liqligi, o‘qituvchining o‘quv jarayonini
tashkil etishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
1.1. O‘zbеkistоndа Kаdrlar tayyorlash modeli va konseptual asosi 
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga 

alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya hamisha jamiyat


taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha 
munosabatlar va aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va
axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy-ma’rifiy potensialini 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o‘sish 
omillarining sifat jihatdan takomillashib borish jarayoni xosdir. Fan-
texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni 
intensivlashtirish, yuqori samarali texnika-texnologiyalardan foydala-
nish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro mehnat taqsimotida 
munosib o‘rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
ta’minlash muammolari ko‘p jihatdan ish kuchining bilimi, malakasi, 






vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog‘liq. Kelajakda erishishimiz lozim
bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, 
zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz
kerak.

“Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni


yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib 
taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz,
mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq 
aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir”
2
Shuning uchun 

ham ta’lim tizimiga alohida diqqat qaratilib uni isloh qilishga kirishildi.


Mа’lumki, hоzirgi kundа butun dunyodа tа’limgа e’tibоr bоrgаn 
sаri kuchаyib bоrmоqdа. Chunki,

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling