Iqtisod moliya


-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

2-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
 
 Iqtisodiy nazariya vujudga kelib hozirgi darajaga etgunga qadar fanning predmetiga 
turlicha ta’rif berilgan. 
Iqtisodiy nazariyaning birinchi maktabi dastlabki kapital jamg’arilishi, tovar ishlab 
chiqarish va ayirboshlash rivojlanishi davrida vujudga kelgan merkantilistlar ilmiy-tadqiqot 
predmetini boylik, boylikning manbai — savdo sifatida qarashgan. 
Klassik iqtisod vakillari fanning predmeti sifatida moddiy ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash, iste’molni nazarda tutib, tadqiqot doirasini kengaytirishdi. Har bir maktab fanning 
predmetini turlicha talqin etadi. 
Mashhur iqtisodchi P. Samuelson o’zining «Ekonomika» kitobida iqtisodiyot nazariyasi 
fanining predmeti to’g’risidagi fikr-larni o’rganib, ulardan ba’zilari quyidagilar deydi: 
1. Iqtisodiyot nazariyasi ayirboshlash va pullik bitimlar bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat 
turlari haqidagi fan. 
2. Iqtisodiyot nazariyasi har xil tovarlar (bug’doy, mol go’shti, palto, kontsertlar, yo’llar, 
yaxtalar) ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan kamyob yoki cheklangan unumli resurslar 
(er, mehnat, ishlab chiqarishda ishlatishga mo’ljallangan tovarlar, masalan, mashinalar va 
texnikaviy bilimlar)dan foydalanish va ularni jamiyat a’zolari tomonidan iste’mol qilish 
maqsadida taqsimlash to’g’risidagi fan. 
3. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, yashashi uchun 
mablag’ topishi va undan foydalanishi to’g’risidagi fan. 
4. Iqtisodiyot nazariyasi insoniyatning iste’mol va ishlab chiqarish borasida o’z vazifasini 
qanday uddalayotgani haqidagi fan. 
5. Iqtisodiyot nazariyasi boylik to’g’risidagi fan. 
Shu bilan birga bu ro’yxatni bir necha marta cho’zish mumkin deb ko’rsatadi P. 
Samuelson
3

Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan A. O’lmasov, M. Sharifxo’jaevlar iqtisodiyot 
nazariyasiga quyidagicha ta’rif berishadi: «Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda yuz beradigan 
iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo’lgan aloqa-bog’lanishlarni, ularning qonun-
qoidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bo’lishini o’rganuvchi fandir»
4

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisa, jarayonlarni resurslarning 
cheklanganligi inson va jamiyat ehtiyojlarining cheksizligidan kelib chiqqan holda tadqiq etadi. 
«Ekonomiks» mualliflari Kempbell R. Makkonnell va Stenli L. Bryu ham buni ta’kidlab, 
juda ko’p iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiy nazariyasi cheklangan resurslar doirasida kishilar 
tomonidan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonida 
o’zlarini qanday tutishlarini tadqiq qilishdan iborat deb ko’rsatadilar. 
Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin deyishadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish 
maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni 
boshqarish muammolarini tadqiq etadi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun uning 
tadqiqot doirasi, ob’ekti, sub’ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko’rsatib o’tish maqsadga 
muvofiq. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling