IQTISODIYOT NAZARIYASINING PREDMET1 VA
METODOLOGIYASI
Reja:
Iqtisodiyot nazariyasi predmeti
Metodologiya
Tahlil uslublari
Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar
Funksiyalar
Xulosalar
Iqtisodiyot nazariyasi predmeti
Iqtisodiyot nazariyasi — iqtisodiyot qonun-qoidalari va rivojlanish prinsiplarini o'rganuvchi umuniiqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida ≪Ekonomiks≫, ≪Экономика≫ va ≪Политэкономия≫ nomlari bilan,
MDH mamlakatlarida ≪Iqtisodiyot nazariyasi≫, ≪Ekonomiks≫ nomi
bilan yuritiladi.
Iqtisodiy bilim beruvchi fanlar g'oyat xilma-xil. Ular sirasiga
hozir 20 dan ortiq turli fanlar kiritiladi. Iqtisodiy fanlarni shartli
ravishda 3 ta guruhga ajratish mumkin:
1) umumiqtisodiy;
2) xususiy iqtisodiy;
3) funksional iqtisodiy fanlar.
Umumiqtisodiy fanlar iqtisodiyotni yaxlitlikda, butun xalq
xo'jaligi doirasida o'rganadi. Xususiy iqtisodiy fanlar iqtisodiyotning
u yoki bu sohasini alohida o'rganadi. Funksional iqtisodiy fanlar
ayrim iqtisodiy faoliyat turlarini o'rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi
umumiqtisodiy fanlar turkumiga kiradi, iqtisodiy fanlarning
karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyotning qonun-qoidalarini bilish
shu fanni o'rganishdan boshlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining har qanday
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti — bu kishilarning cheklangan
iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xo'jalik yuritish asosida
o'z ehtiyojini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlari, bularni
belgilovchi iqtisodiy shart-sharoitlar hisoblanadi.
tira
olmaydi, ammo shu sharoitni bilgan holda o'z faoliyatini
unga moslab tashkil etadi. Barcha kishilarning aniq maqsadni
ko'zlagan iqtisodiy xatti-harakatlari o'zaro bog'langan holda jamiyatning
iqtisodiy hayotini tashkil etadi va buni iqtisodiyot nazariyasi
tahlil etadi. Jamiyatning iqtisodiy faoliyati — bu iqtisodiy insonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |