Iqtisodiyot nazariyasi predmeti Metodologiya Tahlil uslublari
Download 84,75 Kb.
|
1-Mustaqil ish
ilmiy baza bo'lib xizmat qilishi, unga umumiy tarzdagi tavsiyalar
berishidir. Bu fan muayyan firma ishi yoki xonadon xo'jaligini qanday tashkil etish to'g'risida tavsiyalar bermaydi. Uning tavsiyalari umumiqtisodiy tavsifga ega qonun-qoidalarga qanday amal qilishga taalluqli bo'ladi. Bu tavsiyalar iqtisodiy siyosatni takomillashtirishga qaratiladi. Bular davlatning, firmalarning, xonadonlarning, xalqaro iqtisodiy uyushmalar va tashkilotlarning siyosatiga tegishli bo'ladi. Demak, nazariya amaliyot bilan iqtisodiy siyosat orqali bog'lanadi. Iqtisodiy siyosatda u yoki bu nazariy g'oyaga tayaniladi, u taqozo etadigan yo'l-yo'riqlar asos qilib olinadi. Buni tarixiy dalillar tasdiqlaydi. 1929—1933-yillarda AQSh dahshatli iqtisodiy krizisga yo'liqib, iqtisodiyot falaj bo'lib qolgan, undan chiqish uchun o'sha paytdagi AQSh Prezidenti F.Ruzveltning ≪Yangi kurs≫, deb nomlangan siyosati amalga oshirilgan. Bu siyosat tanglikdan chiqish uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashuvi zarur degan g'oyaga tayangan. Uning natijasida AQSh iqtisodiyoti o'nglanib ketgan. XX asr 70-yillar ikkinchi yarmidagi tanglikdan chiqish uchun AQSh hukumati Prezident (Reygan) nomi bilan aytilgan ≪Reygonomika ≫ siyosatiga amal qildi. Bu iqtisodiyot barqaror o'sib borishini bozor kuchlari, bozor mexanizmining o'zi ta ’minlay oladi, shu bois davlat iqtisodiyotni erkin qo'yib, o'z iqtisodiy faoliyatini cheklashi kerak, degan nazariy xulosaga tayangan ≪Reygonomika≫ siyosati AQSh iqtisodiyotini tanglikdan chiqib o'sib ketishini ta ’minlagan. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari mikrodarajadagi siyosatga ham qo'l keladi, bu firmalarga to'g'ri strategik (kelajakni ko'zlagan) yo'lni tanlash imkonini beradi. Masalan, nazariyadagi diversifikatsiya g'oyasi kapitalni bir vaqtning o'zida turli sohalarga joylashtirish zarurligini bildiradi. Kapitali katta firmalar shunga amal qilganlarida bir sohadan ko'rilgan zarar, boshqa sohaga qo'yilgan kapital keltirgan foyda hisobidan qoplanib turadi. Nazariyaning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, bu fan iqtisodiyotning sir-asrorlarini ochib bcrar ekan, undan xabardor har bir kishi iqtisodiyot qoidalariga amal qilsa, bundan faqat naf ko'radi. Download 84,75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling