Iqtisodiyot nazariyasi predmeti Metodologiya Tahlil uslublari


Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar


Download 84.75 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1585723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mustaqil ish

4.Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar
Nazariya iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ulardagi o'zgarishlarni
iqtisodiy kategoriyalar yordamida tushuntirib beradi, ya’ni
ularni tahlil etish va izohlash orqali o'z predmetini o'rganadi.
Iqtisodiy kategoriyalar — bu iqtisodni o'rganishda qo'llanadigan
nazariy tushunchalar bo'lib, ular real iqtisodiy voqelikning
ilmiy ifoda etilishidir.
Nazariyada kategoriyalar 2 guruhga bo'linadi:
1. Umumiqtisodiy kategoriyalar — Bular iqtisodiy taraqqiyotning
hamma bosqichlariga xos kategoriyalar, masalan, ehtiyoj,
mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, iqtisodiy resurs, iste’mol,
jamg'arish kabi tushunchalar. Bular iqtisodiyotning umumiy
jihatlarini izohlaydi, ular har qanday iqtisodiy tizimga nisbatan
qo'llanadi.
2. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos kategoriyalar. Masalan,
tovar, pul, talab, taklif, narx, kredit, emissiya, inflatsiya kabi tushunchalar
bozor tizimiga xos bo'lib, bular shu tizim tahlilida qo'llanadi.
Iqtisodiyot yangilanib borganidan uni tahlil etishda bu fanga yangi
kategoriyalar kiritiladi. Masalan, retsessiya, integratsiya, globalizatsiya,
infrastruktura, konversiya, restrukturizatsiya, privatizatsiya,
lokalizatsiya degan tushunchalar iqtisodiyot nazariyasiga yangidan
kiritilgan kategoriyalardir.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarni umumlashtirish
asosida qonunlar ta'riflanadi.
Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy jarayonlarning turli asosiy tomonlari
o'rtasida muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan
uzviy, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibatni bildiruvchi
o'zaro bog'lanishlardir.
Qonunlar ma'lum iqtisodiy jarayon va ayrim hodisalarning
muqarrarligini bildiradi. Kategoriyalar kabi iqtisodiy qonunlar ham
har xil bo'ladi. Ular quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1. Umumiqtisodiy qonunlar - jamiyat taraqqiyotining hamma
bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq tizimidan qat'iy nazar amal qiluvchi
qonunlar. Bular jumlasiga mehnat taqsimoti, jamg'arish,
mehnat unumdorligining o'sib borishi, ehtiyojlarning yuksalishi
qonunlari kabilar kiradi.
2. Ayrim iqtisodiy tizimlarga xos qonunlar, bular — maxsus
iqtisodiy qonunlar — faqat muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida
amal qiluvchi, shu tizimning o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi
qonunlar. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni, me’yoriy naflilik
qonuni, raqobat qonuni bozor tizimiga xos qonunlar sifatida o'rganiladi.
5.Funksiyalar
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida turli funksiyalarni bajaradi.
Bulardan birinc' isi — bilish funksiyasidir.
Bunda nazcriyani o'rganish orqali iqtisodiy hodisalar nima
ekanligi, ularni nima yuzaga chiqarishi, ular nimaga olib kelishi
anglab olinadi. Nazariya iqtisodiyotning sir-asrorlarini o'rganib,
kishilarni ulardan xabardor qiladi, ularning bilim darajasini oshiradi.
Boshqa iqtisodiy fanlar qatori u ham kishilarga iqtisodiy bilimlarni
yetkazib beradi, ularni iqtisodiyotda ma’lum qonun-qoidalar borligidan
ogoh etadi, ularga rioya etish zarurligini tushuntirib beradi.
Mazkur fanning ikkinchi funksiyasi — bu boshqa iqtisodiy fanlar
uchun nazariy asos bo'lib xizmat qilishidir. Bu fan umumnazariy,
ya’ni iqtisodiyotga xos bo'lgan umumiy qonun-qoidalarni o'rganadi.
Shu jihatdan u boshqa xususiy va funksional nazariyalardan, masalan,
moliya nazariyasi, pul nazariyasi, statistik nazariya, buxgalteriya
nazariyasi kabi fanlardan farqlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi
umumiy fan bo'lganidan, u asoslangan nazariy qonun-qoidalarga
boshqa iqtisodiy fanlar tayanadi.
Masalan, nazariyada asoslab berilgan talab kategoriyasi ning
talqiniga mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, firma
iqtisodi, menejment kabi fanlar tayanadi. Ammo boshqa fanlar
nazariyadan faqat oziqa olish bilan cheklanadi, deb bo'lmaydi. Bu
fan boshqa iqtisodiy fanlar uchun nazariy tayanch bo'lsa-da, ularning
yutuqlarini umumlashtirish hisobidan ulardan ham oziqa oladi.
Boshqa fanlar erishgan natijalar va xulosalarga tayanib iqtisodiyot
nazariyasi o'z kategoriyalari va qonunlariga yangilik kiritadi, yangi
ilmiy xulosalar chiqaradi. Xullas, boshqa iqtisodiy fanlar yutish
nazariyasining ham fan sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur fanning uchinchi funksiyasi — bu uning amaliyot uchun

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling