Xulosalar
1. Iqtisodiyot nazariyasi — umumiqtisodiy fan, uning predmeti
kishilar iqtisodiy xatti-harakatining shart-sharoiti va qonun-qoidalaridir.
2. Mazkur fanning metodologik tamoyillari quyidagicha: iqtisodiyotni
tizim sifatida o'rganish, unga noiqtisodiy omillar va tabiiy
shart-sharoit, texnologik o'zgarishlar ta ’sirini nazarda tutish; iqtisodiyotni
statistikada emas, balki dinamikada o'rganishdir.
3. Bu fanda iqtisodiy hodisalarni kuzatish, abstraksiyalash orqali
nazariy xulosa chiqarish, nazariy modellar yaratish, pozitiv va
normativ usullarni qo'llash, miqdoriy va sifatli tahlilni birlashtirish,
oddiy hodisalardan murakkab hodisalarni o'rganishga o'tish,
iqtisodiyotni uning turli darajalarida o'rganish kabi usuliar ishlatiladi.
4. Bu fan o'z predmetini o'rganishda qonun va kategoriyalarni
qo'llaydiki, bular umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos bo'ladi.
5. Bu fanning funksiyalari iqtisodiy hodisalarni idrok etish,
kishilarga iqtisodiy bilim berish, boshqa iqtisodiy fanlarga nazariy
asos bo'lish, iqtisodiy siyosatga oid amaliy tavsiyalar berishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |