Iqtisodiyot nazariyasi predmeti Metodologiya Tahlil uslublari


Download 84.75 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1585723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mustaqil ish

1) mikrodarajada — bunda firmalar va xonadonlarning iqtisodiy xatti-harakati, ayrim bozordagi o'zgarishlar o'rganiladi;
2) makrodarajada — bunda butun iqtisodiyotdagi, aniqrog'i milliy iqtisodiyot darajasidagi, milliy bozordagi hodisalar va jarayonlar o'rganiladi;
3) megadarajada - xalqaro-global miqyosdagi, jahon xo'jaligida yuz beradigan jarayonlar, ularga xos bo'lgan qoidalar o'rganiladi.
Har uchala daraja o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi, chunki mikrodarajadagi iqtisodiy faoliyat yaxlitlikda makrodarajani, turli mamlakatlardagi makrodarajadagi iqtisodiyot niegadarajani, jahon
iqtisodiyotini yuzaga keltiradi. Turli darajadagi iqtisodiyot o'rganilganda, ularning har biriga xos qonun-qoidalar alohida ko'rib chiqiladi. Nazariyada miqdoriy tahlil ham qo'llaniladi, ammo bu yo'l
bilan olingan ma’lumotlar nazariy xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Masalan, miqdoriy tahlil ishsizlar sonining kamayishini ko'rsatsa, iqtisodiyotda bandlik oshayapti degan, bordi-yu bu tahlil inflatsiya pasayishini ko'rsatsa, pul muomalasi barqarorlashib borayapti, degan
xulosalarga kelamiz. Miqdoriy tahlil o'tkazilganda turli formulalar qo'llaniladi, ular vositasida iqtisodiyotga oid hisob-kitob ishlari olib boriladi. Bular yordamida iqtisodiy qonun-qoidalarning
naqadar amal qilishi, iqtisodiyotga xos bo'lgan tendensiyalar bilib olinadi. Miqdoriy tahlil natijalari turli illyustratsiyalar — chizmalar, rasmlar, egri chiziqlar yordamida tasvirlanadi. Iqtisodiyotdagi
o'zgarishlarni ifodalovchi miqdoriy ko'rsatkichlar o'zgaruvchan qivmatlardan iborat bo'lib, bunda bir qiymat ikkinchisiga, ikkinchisi uchinchisiga va h.k. bog'liq bo'ladi. Masalan, resurslar narxining
o'zgarishi xarajatlar o'zgarishini, o'z navbatida bu narxning, binobarin chiqarilgan tovarga talabning o ‘zgarishini yuzaga keltiradi. Bunday o ‘zaro bog'liqlik chizmalarda aks ettiriladi. Bular yordamida nazariy g'oya atroflicha, ya’ni tasvir vositasida ham ifoda etiladi va shuningdek, o'zgaruvchan qiymatlar o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashga xizmat qiladi. Chizmalar doirasimon bo'lganda, u bo'laklarga ajratiladi, ya’ni hissa — ulush tasvirlanadi. Masalan, davlatning
daromadlardagi ulushi 25 % bo'lsa, bu doiraning 1/4 qismi shaklida bo'ladi


Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling