Iqtisodiyot nazariyasi predmeti Metodologiya Tahlil uslublari


Download 84.75 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1585723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mustaqil ish

3.Tahlil uslublari
Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o'rganishda idrok etishning ikki bosqichi qo’llaniladi.
Birinchi bosqich — kuzatish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda iqtisodiyotga oid ma’lumotlar to’planadi, ular boshqa noiqtisodiy ma’lumotlardan ajratib olinadi. Ularga dastlabki tarzda umumiy
baho beriladi va hali sinab ko'rilmagan xulosa — gipoteza olg'a suriladi.
Ikkinchi bosqichda gipotezalar boshqa ma'lumotlarni o ‘rgangan holda sinab ko‘riladi, ular tasdiqlansa, qabul qilinadi, ular asosida nazariy qonun-qoidalar ta’riflanadi.
Nazariy xulosa amaliyot bilan solishtirib ko'riladi. Agar real iqtisodiy hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, demak u to'g'ri bo'lib chiqadi. Agar aytilgan hodisa qisman tasdiqlansa yoki
tasdiqlanmasa, ta'riflangan qoidani qaytadan ko'rish, zarur bo'lsa to'ldirish yoxud undan tamomila voz kechish kerak bo'ladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy fanlardan farqliroq o'z xulosalarini
laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko'ra olmaydi. Agar iqtisodiy beqarorlik bo'lsa, nazariyada uning belgilari ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik va inflatsiya, deb qaralsa, uni tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov o'tkazib bo'lmaydi.
Bularni faqat kuzatish, ular haqida ma’lumot to'plash va bu ma’lumotni nazariy umumlashtirish mumkin, xolos.
Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Lekin model real iqtisodiy voqelikni aks ettirgandagina ilmiy bo'ladi. Model aslida iqtisodiy voqelikning nazariy ifodasidir.

Iqtisodiyot nazariyasi o'z predmetini tahlil etganda pozitiv va normativ usullarni qo'llaydi. Pozitiv usul — bu iqtisodiy voqelikni nazariy jihatidan qandayligini tushuntirib berish, ya’ni uni ilmiy


talqin etishdan iborat. Normativ usul — bu iqtisodiy voqelikning amalda qanday bo'lishi kerakligini va buning uchun nima qilish zarurligi xususida tavsiya berishdir. Masalan, pozitiv usulda stipendiyamohiyatan nimaligi tushuntiriladi, ya’ni uni yoshlarga ular o'qigan paytida beriladigan yordam, deb talqin etilsa, normativ usulda uni qachon va qanchaga oshirish zarurligi asoslanadi. Pozitiv usul nazariy talqinni bildirsa, normativ usul amaliyotda nima bo'lishini bildiradi.
Nazariyada tahlilning induktiv va dcduktiv usullari ham ishlatiladi.
Induktiv usul qo'llanilganda hodisalarni kuzatishdan ularni umumlashtirishga o'tilib, umumiy xulosalar chiqariladi. Deduktiv usul qo'llanilganda esa shakllangan nazariy xulosalar asosida iqtisodiyotdagi ayrim hodisalar tahlil etiladi. Bu bilan aytilgan qoidalar naqadar haqqoniy ekanligi sinab ko'riladi. Nazariyada oddiy hodisalar tahlilidan murakkab hodisalar tahliliga o'tish ham qo'llaniladi.
Masalan, dastlab individual talab, so'ngra ayrim bozor talabi va nihoyat jamiyatdagi yalpi talab tahlili o'tkaziladi. Yana bir usul — bu hodisalarni turli darajada olib o'rganishdir.
Nazariyada iqtisodiyotning qonun-qoidalari 3 xil darajada o'rganiladi:

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling