Iqtisodiyot nazariyasi predmeti Metodologiya Tahlil uslublari


iqtisodiyot va tabiat o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni


Download 84.75 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1585723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mustaqil ish

iqtisodiyot va tabiat o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni hisobga olishdir.
Iqtisodiyot tabiatdan tashqarida bo'lishi mutlaqo mumkin emas,
chunki bu uning moddiy tayanchidir. Tabiatdan olingan resurslardan
foydalanmay turib, ishlab chiqarishning bo'lishi mumkin
emas. Tabiiy sharoit ishlab chiqarishning qanday bo'lishini belgilab
beradi. Qazilma boylik qayerda ko'p bo'lsa shu yerda undirma
sanoat, yer yaxshi joyda dehqonchilik, yaylovlar ko'p joyda chorvachilik,
o'rmonzor ko'p yerda yog'ochni ishlash sanoati, suvga
yaqin joyda kemasozlikning rivojlanishi bunga guvohlik beradi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiyotning tabiatga qayta ta’siri
ham hisobga olinadi. Tartibsiz iqtisodiy faoliyat tabiatga putur
yetkazadi, undagi ekologik muvozanatni buzadi, ekologik xatarni
yuzaga keltirishi mumkin, bu bilan iqtisodiyotning tabiiy tayanchi
larzaga keladi. Mana shu muammo ham nazariyada uning predmeti
nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamal toshi —
bu iqtisodiyotni statistikada (turib qolgan holatda) emas, balki
dinamikada (rivojlanishda) olib o'rganishdir. Bu bilan iqtisodiy
hodisalarning kelib chiqish sabablari, undagi o'zgarishlar qanday
borishi bilib olinadi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga xos bo'lgan
tendensiyalar (moyillik) aniqlanadi. Bular nimaga olib kelishi va
shunga ko'ra xo'jalik faoliyatini kelajakda qanday tashkil etish
kerakligi aniqlanadi. Mazkur fan iqtisodiyotga xos qonun-qoidalarni
obyektiv bo'lishidan, kishilar ularni o'z bilganicha bekor qila olmasligidan,
lekin ularni anglab yetgan holda ular talabiga moslashib faoliyat
qila olishlaridan kelib chiqadi.
Nazariyadagi boshqa bir mctodologik tamoyil bu iqtisodiyotni
texnologik o ‘zgarishlarni hisobga olib o'rganishdir. Texnologiyaning
o ‘zi iqtisodiyot nazariyasming predmeti emas, shu bois uni texnikaviy
fanlar o'rganadi. Ammo texnologiya iqtisodiyotning moddiy
asosi boMganidan, undagi jiddiy o/garishlar iqtisodiy faoliyatni
tubdan yangilab yuboradi. Mana shu narsani nazariya e'tibordan
qochirmaydi. Masalan, nazariyada ≪Katta sikllar — katta to‘lqinlar≫
degan tushunchalar borki, bular texnologiyadagi katta burilishning
iqtisodiyotga ta’sirini nazarda tutadi. Mutlaqo yangi texnologiya
paydo bo'lishi bilan iqtisodiyot rivojida yangi davr — katta sikl
boshlanadi, bu odatda 50—60 yil davom etadi. Mana shularni ham
nazariya tahlil etadi.

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling