Menejment-fani boshqarish toʻgʻrisidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. - Menejment-fani boshqarish toʻgʻrisidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
- Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qoʻllashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir.
- Boshqarish fani bilan yuridik fanlari oʻrtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qoʻllash xamda xoʻjalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
- Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol oʻynaydi.
Funksional–yoʻnaltirilgan tashkilot Tashkilotni ishlab chiqarish strukturasi, asosiy ishlab chiqarish funksiyasiga asoslangan va bozor munosabatlariga mos ravishda oqib chiquvchi vazifalarga moʻljallangan. Ishlab chiqarish tashkiliy tizimini hosil qilishda tashkilotning savdo va xizmatlar muhiti quyidagilarga e’tibor qilinadi: - Sotib olish.
- Saqlash.
- Rahbariyat.
- Boshqaruv.
- Sotish.
- Moliyalashtirish
Sanoat tashkilotlarini koʻrib chiqishda, albatta ishlab chiqarish funksiyalarini e’tiborga olish kerak. Asosiy ishlab chiqarish funksiyalari tahlil qilishda funksiyalar qism fuksiyalarga boʻlinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |