Iqtisod moliya
Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot sub’ekti
- Tadqiqot maqsadi
Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo’jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu
muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o’z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu ob’ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo’lsa yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo’lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo’lsa 3 Samuelson P. Ekonomika. M., MGP,Algon, VIIISI, t., 1,1992, str. 6-7. 4 . O’lmasov A., Sharifxo’jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi, Toshkent, «Mehnat», 1995, 9-10 betlar. iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo’ladi. Har kim o’z xohishiga ko’ra, ulardan boshqacha munosabatlarni o’rnata olmaydi, chunki ob’ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. Ana shu ob’ektiv reallikni o’rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin. Tadqiqot sub’ekti — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir. Tadqiqot ob’ekti esa iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ya’ni xo’jalik yuritish faoliyatidir. Tadqiqot predmeti — «iqtisodiy odam»ning, kishilar guruhi va davlatning iqtisodiy faoliyati bo’lib, boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farqli ravishda alohida u yoki bu soha, tarmoq faoliya-ti emas, balki barcha iqtisodiy faoliyatni bir butun holda tadqiq etadi. Tadqiqot maqsadi iqtisodiy voqea, jarayonlarni o’rganish asosida ularning o’zaro qay darajada bog’liqligini, bir-birini taqozo qilishi, ya’ni bu jarayonlarning qonuniyatlarini ochish, ular asosida xulosa chiqarish, nazariy qoidalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalar bajariladi. Iqtisodiy nazariyaning asosiy vazifasi: — iqtisodiy hodisa, jarayonlarni va ularga xos bog’lanishni o’rganish (ma’lumki, iqtisodiy hodisalar dinamik tarzda iqtisodiy jarayonlar deb ataladi); — iqtisodiy sub’ektlarni asosiy resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida iqtisodning quyidagi: nima ishlab chiqarish kerak? qancha ishlab chiqarish kerak? qanday qilib ishlab chiqarish kerak? kim uchun ishlab chiqarish kerak? tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi? kabi muammolarni echish uchun nazariy asos, faoliyat uchun amaliy xulosalar ishlab chiqish; — iqtisodiy nazariyadagi alohida yo’nalishlar, oqimlarning ijobiy tomonlari, takliflarini sintez qilish; — jahon tajribasi va milliy iqtisodiyotning ijobiy-salbiy tomonlarini o’rganish va ular asosida nazariy xulosalar chiqarish. Umuman olganda, sanab o’tilgan va o’tilmagan yo’nalishlar, oqimlar har xil nom bilan atalishidan qat’i nazar, fanning mohiyatini o’zgartirmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani yagona, uning tad-qiqot ob’ekti ham bitta — xo’jalik yuritish faoliyatidir. Faqat predmet ta’rifiga ko’p marta aniqlik kiritilgan. Chunki xo’jalik yuritish shart- sharoiti o’zgargan. Har bir maktab iqtisodiyot nazariyasi predmetining u yoki bu jihatiga alohida ahamiyat beradi, ajratib ko’rsatadi. Shuning uchun mashhur ingliz yozuvchisi Bernard Shou «hatto, hamma iqtisodchilarni bitta zanjirga bog’lagan taqdirda ham ular yagona fikrga kelishmaydi» deb, haq gapni aytgan deya e’tirof etishadi, iqtisodchilar. Sotsial yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti uchun iqtisodiy nazariyada diqqat ko’proq tadqiqot ob’ektidan tadqiqot sub’ektiga qaratiladi. Ko’pchilik iqtisodchilarning iqtisodiyot nazariyasini resurslarni tanlash va insonning iqtisodiy faoliyati muammolari to’g’risidagi universal fan sifatida qarashiga e’tibor beradigan bo’lsak, iqtisodiyot nazariyasi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling