Iqtisod moliya


Pozitiv iqtisodiyot nazariyasi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Pozitiv iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillar yordamida tad-qiqot olib boradi. Ular 
asosida kishilarning iqtisodiy faoliyat jarayonida o’zlarini qanday tutishlarini ilmiy asoslashga 
harakat qiladi. 


Normativ iqtisodiyot nazariyasi esa iqtisodiy jarayonlarni baholashga, iqtisodiyotda 
qanday tadbirlar belgilash kerakligini yoki qanday iqtisodiy siyosat yuritish kerakligini 
ko’rsatadi. 
Masalan, mamlakatda mehnatga yaroqli aholi 10 mln. kishi bo’lib, ishsizlar 600 mingdan 
800 mingga ko’paydi, deylik. 
Pozitiv iqtisodiyot mamlakatda ishsizlik 6% dan 8% ga o’sdi, deb ko’rsatadi. 
Normativ iqtisodiyot esa ishsizlik 6% dan 8% ga o’sishining sababi nimada ekanligi, u 
qanday oqibatga olib kelishini, ishsizlikni qisqartirish zarurligi va unga qanday erishish 
mumkinligini ko’rsatadi. 
Qisqacha aytganda, pozitiv iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotning real holatini o’rgansa, 
normativ iqtisodiyot nazariyasi sub’ektiv tarzda qanday bo’lishi kerakligi haqidagi fikrni 
ifodalaydi. 
Pozitiv iqtisodiyot nazariyasida fikrlar qarama-qarshiligi yo’q, iqtisodiy jarayonlarni 
talqin qilishda uncha katta farq yo’q. Lekin iqtisodiy siyosatni asoslashda, jamiyatning qanday 
bo’lishi kerakligi haqidagi qarashlari, tavsiyalar bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, daromadni 
qay tarzda taqsimlanayotgani haqida iqtisodchilar hamfikr, qanday taqsimlanishi haqidagi 
tavsiyalari esa bir-biridan katta farq qiladi. 
Iqtisodiy siyosat esa iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslanishi kerak. Ko’pchilik tomonidan 
tan olingan iqtisodiy printsiplardan biri ma’lum chegarada xarajatlar va ish bilan bandlik 
o’rtasida bog’lanish. Xarajatlarning umumiy hajmi ortganda ish bilan band-lik o’sadi. Aksincha, 
umumiy xarajatlar hajmi qisqarsa, ishsizlik ko’payadi. Mana shu bog’lanish hukumatning 
iqtisodiy siyosat yuritishida bebaho xizmat qilishi, yordam berishi mumkin. 
Agarda statistik ma’lumotlar umumiy xarajatlar hajmining pasayishini ko’rsatsa, demak, 
kelajakda ishsizlikning ko’payishi kutiladi. Mana shu kutilayotgan natijadan hukumat xulosa 
chiqarib, umumiy xarajatlarni ko’paytirish va kutilayotgan ishsizlikning oldini olish chora-
tadbirlarini belgilaydi. 
Demak, samarali boshqarish uchun statistik ma’lumotlardan to’g’ri xulosa chiqarish va 
ularning o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’ra bilish kerak. 
Iqtisodiyot nazariyasi mana shunga o’rgatadi, hamda hushyorlik, aql-idrok bilan iqtisodiy siyosat 
yurgizishga asos bo’lib xizmat qiladi. 
Agarda jamiyatning bosh maqsadi aholi farovonligini ta’minlash, turmush darajasini 
yuksaltirish bo’lsa, unga erishish uchun qator iqtisodiy muammolarni hal etish, maqsadlarni 
amalga oshirish kerak. 
Qamiyat tomonidan amalga oshirilishi zarur, ko’pchilik tomonidan keng e’tirof etilgan 
quyidagi iqtisodiy maqsadlar mavjud. 
1. Iqtisodiy o’sish. Iloji boricha ko’proq va yaxshi sifatliroq tovar ishlab chiqarish, 
xizmat ko’rsatishning barqaror o’sishini ta’minlash. 
2. To’la bandlik. Mehnatga layoqatli har bir ishlashni xohlagan kishi ish bilan 
ta’minlanishi kerak. 
3. Iqtisodiy samaradorlik. Mavjud cheklangan resurslarni minimal darajada sarflab, 
maksimal natijaga erishish. 
4. Narxlar barqarorligini ta’minlash. Narxlarning haddan tash-qari ko’tarilib 
(inflyatsiya) yoki tushib (deflyatsiya) ketishiga yo’l qo’ymaslik. 
5. Iqtisodiy erkinlik. Boshqaruvchilar, tadbirkorlar, ishchilar, iste’molchilar o’z 
iqtisodiy faoliyatlarida katta erkinlikka ega bo’lishlari kerak. 
6. Daromadni adolatli taqsimlash. Ba’zilar boylikka «cho’milganda» boshqalar haddan 
ziyod qashshoq bo’lmasligi kerak. 
7. Ijtimoiy ta’minot. Mehnatga layoqatsiz kasallarni, qarilarni va boshqalarning 
qaramog’ida bo’lganlarni hayot kechirishini ta’minlash.
8. Savdo balansi. Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlarning oqilona balansiga 
ega bo’lish. 
Bu maqsadlarning hammasini bir vaqtning o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. 


Birinchidan, ularni umumiy tarzda izohlash mumkin, lekin aniq mezonlarini belgilashga 
kelganda fikrlar har xil. Birini aniq o’lchash (1—4, 8) mumkin bo’lsa, boshqasini (5—7) aniq 
o’lchab bo’lmaydi. Bularning hammasini turlicha yondashish natijasida turlicha talqin qilish 
mumkin. 
Ikkinchidan, bir maqsadning amalga oshirilishi ikkinchisiga bog’liq bo’lishi mumkin. 
Masalan, to’la bandlikni ta’minlash, kam daromadga ega bo’lish iqtisodiy ta’minlanganlikka 
ham ta’sir qiladi. 
Uchinchidan, ba’zi maqsadlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Masalan, to’la bandlik (2) 
bilan inflyatsiya (4) yoki iqtisodiy o’sish (1) bilan daromadlarni adolatli taqsimlash (6). 
Agarda to’la bandlik ma’lum darajada inflyatsiyani yoki barqaror narxlar ishsizlikni 
keltirib chiqarsa, bu holatda jamiyat ikkisidan qaysi biri asosiy ekanligini aniqlashi kerak. Bunda 
albatta, iqtisodchilar uchun keng munozara maydoni vujudga keladi. 
Shuni ham qayd etish kerakki, iqtisodiyot nazariyasini o’rganayotganda boshlovchi 
iqtisodchi duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar mavjud. Bular ayrim faktlarni noto’g’ri 
tasavvur etish (aytaylik, biznesdan olingan foydaga shubha bilan qarash yoki taqchil 
moliyalashtirishni doimo yomon deb tushunish), noaniq iboralar ishlatish (masalan, hukumat 
ilgari surgan loyihalarni har bir guruh o’z manfaatidan kelib chiqib turlicha nom bilan atashi), 
yoki mantiqiy xulosalar chiqarishda adashish (chunki individual nuqtai nazardan chiqarilgan 
xulosa to’g’ri bo’lishi mumkin, lekin jamiyat miqyosida tatbiq etish to’g’ri emas). Masalan, 
individual dehqon qancha ko’p hosil olsa, shuncha ko’p daromad oladi. Sababi, uning bitta o’zi 
olgan hosili narxlarga deyarli ta’sir qilmaydi (lekin barcha dehqonlar hosilining ko’payishi 
narxni pasaytirib, daromadni ko’paytirmasligi mumkin), aniq sabab-oqibatli bog’lanishlarni 
ajratib olish qiyinchiligi, ulardan qaysi biri sabab, qaysi biri oqibat ekanligini ajratish 
mushkulliklaridir. 
Kvant fizikasi asoschisi, Nobel mukofoti laureati 
Maks Plank kamtarlik bilan o’z faoliyatini iqtisodchilikdan boshlagani, lekin uni tashlagani, 
sababi iqtisodchilik unga haddan tashqari qiyin ko’ringanini aytgan. Buni hozirgi zamon 
mantiqiy matematikasi «pioneri» Bertran Rosselga aytishganida, u taajjub, men iqtisodiy 
nazariyani haddan tashqari sodda deb tashlab ketgandim, deydi. 
Har ikki fikrda ham haqiqat bor, deydi P. Samuelson, shu bilan birga xato ham. Quda 
ko’p marta ta’kidlanadiki, har qanday zehni o’tkir 16 yoshga etgan inson iqtisodiy qonun-
qoidalarni yaxshi o’zlashtirishi mumkin. Bu ma’noda Rossel haq. Lekin inson hayotining 
iqtisodiy kuchlarini bilish san’atida faqat aqlga taya-nish bilan Plank his qilganidek uzoqqa borib 
bo’lmaydi. 
Demak, dalillar, ma’lumotlar o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to’g’ri 
xulosa chiqarishni o’rganish iqtisodiyot nazariyasining asosiy maqsadi bo’lib, uni egallash oson 
ish emas. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling