Iqtisod moliya
barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus iqtisodiy qonunlar
- Umumiqtisodiy qonunlar.
barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida
amal qi-ladi. Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. Ular aniq tarixiy xo’jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik, «sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar. Alohida yoki davriy-oraliq qonunlar. Bularga amal qilish sharoiti saqlangan tarixiy davrlarga xos bo’lgan qonunlar kiradi. Bu qonunlar maxsus tizimlarga aloqasi bo’lmagan holda turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarga xosdir. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma’nosi bilan shu guruhga kiradi. Umumiqtisodiy qonunlar. Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, jamiyatning olg’a qarab rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va boshqalar. Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda ma’lum mantiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur. Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi. Qo’llanilayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va hokazo. Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling