Iqtisod moliya
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 1. Normativ iqtisodiyot 7. Gipoteza 2. Pozitiv iqtisodiyot 8. Ilmiy abstraktsiya 3. Mikroiqtisodiyot 9. Induktsiya 4. Makroiqtisodiyot 10. Deduktsiya 5. Iqtisodiy qonunlar 11. Funktsional tahlil 6. Iqtisodiy kategoriya 12. Iqtisodiy fikrlash a) Xrajatlar va olinadigan natijani taqqoslash asosida ratsional qaror qabul qilish; b) Iqtisodiy jarayonlarni baholab, iqtisodiyotda qanday tadbirlar belgilash kerakligini yoki qanday iktisodiy siyosat yuritish kerakligini, iqtisodiy rivojlanish maqsadini ko’rsatishga asoslangan yo’nalish; c) Ishonchli nazariya bo’lishi uchun tajribada sinash va nazariy jixatdan asoslab berish lozim bo’lgan, muayyan hodisani yuz berishi sabablarini izohlash uchun ilgari surilgan ilmiy taxmin; d) Iqtisodiy hodisa jarayonlar o’rtasidagi muhim bog’lanish, iqtisodiy zaruriyatni taqozo etuvchi, sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari bo’lib, individ va institutlarni hatti-xarakati, tanlash sabablari va motivlarini umumlashtirgan holda xarakterlab berilishidir; e) Nazariy iqtisodiyotning birinchidan, iqtisodiy alohidalashgan birliklari (firma, korxona, uy xo’jaligi), ikkinchidan alohida olingan bozor, aniq mahsulot narxlari, sotuvchi va xaridorlarni samarali tanlov tamoyillarini shakllanishini o’rganuvchi bo’lim; f) Faktlar, dalillar yordamida tadqiqot olib borib, ular tahlili asosida iqtisodiy faoliyat jarayonida o’zlarini qanday tutishlari, iste’mol tanlovini ilmiy asoslashga harakat qiladi; g) Nazariy iqtisodiyotning iqtisodiyotga bir butun tizim sifatida yondashib, iqtisodiy siyosatning maqsadini shakllantiradi, uni realizatsiya qilish uchun zarur chora-tadbirlar belgilashni tadqiq qiluvchi bo’limi; h) Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi iqtisodiy voqe’likning ilmiy ifodasidir; i) Iqtisodiy hodisalarning eng barqaror bog’lanishini olib, masalaning mohiyatiga putur etkazmaydigan ikkinchi darajali faktlarni ajratib olib, ularni yo’q deb faraz qilinadi yoki o’zgarmaydi deb olib tadqiq etilishi; j) Empirik bilimdan abstraktsiyaga o’tish, xususiy xulosadan umumiy xulosa chiqarish metodi; k) Funktsional bog’lanish, ya’ni bir miqdorning o’zgarishiga qarab boshqa miqdorning o’zgarishi o’rtasidagi bog’lanish asosida iqtisodiyotni tahlil etish; l) Nazariyadan amaliyotga, umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqarishga, ilgari surilgan gipotezani real iqtisodiy faktlar yordamida tekshirishga, tadqiq qilishga asoslangan metod. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling