1. Iqtisodiy sir-asrorlarni o’rganish, bilib olish. Iqtisodiy hodisalar va ularning
bog’lanishlarini har tomonlama o’rganish, ularning qonunlarini ochishga yordam beradi. Ular
asosida esa milliy iqtisodiyot rivojlanadi. Buning uchun turli-tuman axborotlar, faktlar, statistik
ma’lumotlar, hujjatlar, obro’li olimlar, arboblarning kitoblari, ishlari o’rganiladi.
2. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini oldindan aytish, prognoz qilish (yunoncha
— prognosic — oldindan ko’rmoq, bajarmoq, qilmoq). Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy
jarayonlarni o’rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy
rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo’jalik yurituvchi
sub’ekt o’z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo’yicha
ma’lum bir qarorga keladi.
3. Boshqa fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo’lib xizmat qilish. Boshqa fanlar nazariya
asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan holda o’z predmetini o’rganadi. Ayni vaqtda
nazariya boshqa fanlar xulosasiga asoslanib, iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi.
4. Amaliy tavsiyalar berish. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari xo’jalik yuritishning
oqilona uslublari, asosiy printsiplarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Umumiqtisodiy
mazmundagi tavsiya-lar iqtisodiy siyosatga tegishli bo’ladi.
Keyingi paytlarda iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlarning ahamiyati ancha
o’sdi. Amaliy muammolarni echish, xo’jalik va iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda matematik,
statistik uslublarning keng qo’llanilishi, fanda erishilgan boshqa yutuqlarni tatbiq qilish,
iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini hayotda qo’llash imkonini berdi.
1969 yildan boshlab Shvetsiya Fanlar Akademiyasi har yili iq-tisodiyot sohasida eng
yaxshi ilmiy-amaliy ishlar, loyihalarga No-bel mukofoti topshiradi.
Iqtisodiy nazariyaning etuklik darajasi fanning naqadar rivojlanganligini bildiradi.
Qamiyat rivojlanib, intellektual quvvati oshib borishi bilan iqtisodiyot nazariyasi ham rivojlanib,
iqtisodiyot uchun ahamiyati ham ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |