Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
funktsional tahlil alohida o’rin tutadi.
Funktsiyalarni o’zimiz e’tibor qilmaganimiz holda doimo uchratamiz. Funktsiyalar — bu o’zgaruvchi miqdorlar bo’lib, ularning o’zi boshqa o’zgaruvchi miqdorga bog’liq. Funktsiya — boshqa miqdorning o’zgarishiga qarab o’zgarib turadigan, o’zgaruvchan miqdor. Funktsiya-lar texnika, geometriya, fizika, kimyo va boshqa fanlarda keng qo’llaniladi. Iqtisodiyotda funktsiyalarga misol qilib talab va narxni keltirish mumkin. Talab narxga bog’liq, agar narx ko’tarilsa, boshqa ta’sir qiluvchi omillar o’zgarmagan holda talab kamayadi. Bunda narx mustaqil o’zgaruvchi, ya’ni argument bo’lsa, talab unga bog’lanishdagi o’zgaruvchi, ya’ni funktsiya, shunday qilib, talab narxning funktsiyasi, lekin talab va narx joyini o’zgartirish, ya’ni talab qancha ko’p bo’lsa, boshqa omil o’zgarsa, narx ham shuncha ko’tarilishi mumkin. Bunda narx talabning funktsiyasi bo’ladi. Iqtisodiyotda pozitiv va normativ tahlildan foydalaniladi. Pozitiv yondashuv qanday bo’lsa, shundayligicha tahlil etsa, normativ tahlilda qanday bo’lishi kerakligi nuqtai nazaridan yondashiladi. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy eksperimentlar ham o’ziga xos o’rin tutadi. Iqtisodiy hayotda eksperimentlarni keng miqyosda o’tkazish mumkin emas, lekin ma’lum chegarada, oqillik bilan iqtisodiy jarayonlarni qanday natijaga olib kelishini o’rganish maqsadida o’tkazsa bo’ladi. Iqtisodiy eksperiment deganda iqtisodiy hodisa, jarayonlarni o’rganish va kelajakda amaliyotda qo’llash uchun ularni nisbatan eng qulay sharoitda sun’iy ravishda qaytadan amalga oshirish, tajriba qilish tushuniladi. Eksperimentlar odatda ko’proq mikromiqyosda o’tkaziladi. R. Ouen, P. Q. Prudon, F. Teylor, G. Ford faoliyatlari mikro- miqyosda o’tkazilgan eksperimentlarga yorqin misol bo’ladi. Hozirgi paytda u yoki bu mamlakatda, u yoki bu nazariyaga asoslanib olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni makromiqyosdagi eksperiment tarzida ham qarash mumkin. Umuman olganda, jamiyatdagi iqtisodiy muammolarga engil-elpi qarab bo’lmaydi. Ularni chuqur o’rganish, so’ngra biron xulosaga kelish kerak. Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy fan bo’lib quyidagi funk-tsiyalarni bajaradi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling