Pul
agregati birinchi navbatda M
0
– absolyut likvidlikka ega bo’lgan muomaladagi naqd
pul massasini o’z ichiga oladi.
Pul agregati M
1
=M
0
+ banklardagi muddati ko’rsatilmagan depozit (omonat)lar va
cheklardan iborat.
M
2
=M
1
+ muddati ko’rsatilgan
depozitlar, nochek jamg’armalar.
M
3
=M
2
+ yirik jamg’armalar, xususiy firma, tashkilotlarning hisob schetlardagi
omonatlar, muddati ko’rsatilgan yirik jamg’armalar. (AQShda ular 100 ming dollardan ortiq)dan
iborat, bunday mablag’larni banklarning depozit sertifikatlari tarzidagi
cheklarga aylantirish
uncha qiyin emas. Lekin u ma’lum yo’qotishlarga uchraydi. Ularni pulga aylantirish uchun
ma’lum muddat kutishga to’g’ri keladi.
Eng umumiy pul agregati L = M
3
dan tashqari turli qimmatbaho qog’ozlarni (pulga
aylantirish qiyinroq) o’z ichiga oladi.
Umuman olganda pul agregatlari soni turli mamlakatlarda turlicha. Masalan AQShda,
Yaponiya, Italiya 4 agregat, GFRda 3, Frantsiya 10. O’zbekistonda pul massasini pul agregati
asosida tahlil etish bozor iqtisodiyotiga o’tishdan boshlandi.
Turli mamlakatlarning
pul tizimi ahvoli, eng avvalo pul massasining umumiy hajmi va
uning alohida pul agregatlariga bo’linishi bilan bog’liq. Barqaror pul tizimiga ega bo’lish uchun
pul
massasi Lda agregat M
1
ning ulushi uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, AQShda,
Yaponiyada 90 yillarning o’rtalariga pul agregatlari ulushlari o’rtasida nisbat quyidagicha
bo’lgan:
Pul agregati
M
1
M
2
M
3
L
Ulushi (%)
AQShda
Yaponiyada
15 65 80 100
Rossiyada
50 70 80 100
Ko’rinib
turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi
rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham
shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan
omonat va davlat qimmatbaho
qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham
qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi.
Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot
kassasiga, aholi qo’liga o’tadi.
Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan
pullar
bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir.
Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga
solishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: