Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala va mashqlar
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima sababdan umumiqtisodiy jarayonga aylanadi? 2. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li qanday omillarga bog’liq. Turli modellarning umumiy tomoni-chi? 3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazishning ikki yo’li qanday farqlanadi? 4. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan qanday modellarni bilasiz? 5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda e’tiborga olish zarur bo’lgan O’zbekis-tonning qanday o’ziga xos xususiyatlari bor? 6. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasining bosh-qa modellaridan farqini ko’rsating? 7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichi yakunlari va ikkinchi bosqichda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini izohlang. Masala va mashqlar Quyidagilarni o’qing, diqqat qiling: bu o’zgarishlar iqtisodiy islohotlarning qaysi sohalariga xos. 1. Mahalladagi sartaroshxona, do’koncha, poyafzal tuzatish ustaxonasi xususiylashtirildi. 2. Moliya Vazirligi va Markaziy bankning tizumi va vazifalari o’zgartirildi. 3. Kiyim – kechaklarga qat’iy narx belgilash bekor qilindi. 4. Yilni zarar bilan yakunlagan “Besh buloq” shirkati asosida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. 5. Respublikamizda 1995 yilga kelib shaxsiy tomorqa uchun ajratilgan er 700 ming gektarga etdi. 6. Respublika tovar, xom ashyo birjasi tashkil etildi. 7. Xom ashyo narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. 8. Toshkent to’qimachilik kombinati aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi. 9. Respublika fond birjasi tashkil etildi. 10. Uy – joy fondi xususiylashtirildi. 11. Bojxona tarmoqlari ishlab chiqildi. 12. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan maxsulot turlari 1994 yilning o’zidayoq 74 tadan 11 taga kamaytirildi. 13. Ish xaqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi. 14. 2000 yili O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil qilindi. 15. Respublikamizda non va non maxsulotlariga dotatsiyalar saqlab qolindi. 16. Valyuta birjasi tashkil etildi. 17. O’zbekiston 1994 yili “Tarmoqlar va savdo” bosh bitimi (GATT)da kuzatuvchi maqomini oldi 18. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish joriy qilindi. 19. Respublika ko’chmas mulk birjasi tashkil etildi. T/H 1.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik modelining o’zi 3 guruhga bo’linib, uning mezonlari qilib: a) davlat dasturlarining maqsadi; b) iqtisodiyotni tartibgasolish usullari; v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; g) ish xaqidagi farqlar olingan; 2.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruxiga kiruvchi mamlakatlarda mulkda davlat ulushi nisbatan pastligi jamiyatning tabaqalanishini kuchayishi; 3.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbirkorlikni rivojlantirishga aloxida axamiyat berishi; iqtisodiyotda davlat mulki xissasining kamligi, ish xaqi farqi kattaligi va axolii tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib turadi. 4.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznesmanfaatini ximoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi, davlat mulki xissasi pastligi ish xaqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi 5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning tarixiynuqtai nazardan iqtisodchilar ikki guruxga bo’ladilar: 1) G’arbiyo Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li; 2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li; 6.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Korea modelining boshqa modellardan davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi sa’sirining nixoyatda kuchliligi Bilan ajralib turadi. 7.Xitoy modeli iqtisodiy qurishni qishloq xo’jaligini islox qilishdan boshlanishi Bilan xarakterlanadi. 8.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli xam bir tomondan bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy jixatlariga asoslanadi, shu Bilan birga boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 9.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarishda boshqa mamlakatlar yo’lidan borildi. 10.Iqtisodiy isloxatlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi. Shu lozim bo’lgan birinchi va extimolni asosiy vazifa davlat mulklarini xususiylashtirish yo’lida boshlangan ishni oxiriga etkazishdir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling