Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala va mashqlar
Takrorlash va munozara uchun savollar
1.Tadbirkorlik deganda nima tushuniladi? Uni taniqli iqtisodchilar qanday ta’riflashgan? 2.Tadbirkorlikni: a) iqtisodiy kategoriya; b) xo’jalik yuritish uslubi; v) iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qanday ta’riflash mumkin? 3.Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlarini ko’rsating. 4.Tadbirkor nima?, qancha?, qanday?, kimga? muammolarini qanday hal etadi? 5.O’zbekistonda nima sababdan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda? Tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga nima xalaqit berayapti deb o’ylaysiz? 6.Tadbirkorlik kapitali aylanishini tushuntirib bering. 7.Biznesning tashkiliy shakllari afzalligi va kamchiliklarini ko’r-sating. 8.Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishini izohlang. 9.Siz tadbirkorlikni o’ziga jalb etadigan tomonlari nimada deb o’ylaysiz? Yoki aksincha, siz uchun ko’nikib bo’lmaydigan qanday xususiyatlari bor? 10.Yashirin biznes qanday biznes, sizningcha u nima sababdan mavjud? 11.«Boylik bu baxt emas, lekin qashshoqlik kamsitish, azob-uqubatlar manbai, u jur’atsizlik , qo’rqinch va g’am-anduhga olib keladi», degan fikrga qanday qaraysiz? Masala va mashqlar 1.Mulkdor bilan tadbirkor tushunchasi birmi? Quyidagi javoblardan qaysi biri to’g’ri? A)Yo’q. Bu ko’proq yakka egalik asosida tashkil etilgan korxona shchakliga xos. Korporatsiyalarda mulkdor bilan tadbirkor tamomila farq qiladi. Siz biron-bir firma aktsiyasiga ega bo’lishingiz bilan hamkorlikdagi mulkka sherik bo’lasiz. Tadbirkorlikka esa hech qanday aloqangiz yo’q. B)Ha. Mulkdor bo’lgandan keyin tadbirkor bo’ladi. Mulkka yakka egalik qilish shart emas. Tadbirkor o’zi mulkka ega bo’lgandagina tadbirkor bo’lishi mumkin. Tadbirkorlik bilan shug’ullanar ekan mulkdor bo’lishi shart. 2.Iqtisodiy nazariyadan malumki, tadbirkorlik risk bilan bog’liq. O’ylab ko’ringchi, bu risk aniq nima bilan bog’liq deb o’ylaysiz? a)pul yo’qotish bilan; b)obro’-e’tiborni yo’qotish bilan; v)bozor iqtisodiyotiga xos xususiyat noaniqlik uning doimiy yo’ldoshi ekanligi bilan; g)axborot asimmetriyasi bilan; d)mol-mulkni yo’qotish bilan; e)to’g’ri qaror qabul qila bilmaslik bilan; yo)qat’iyat etishmasligi bilan. Bulardan qaysi biri siz uchun shaxsan katta ahamiyatga ega? Tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz qaysi biriga ko’proq ahamiyat bergan bo’lardingiz? 3.Firmada sizning ulushingiz 500000 so’m. Sizdan boshqa teng huquqli 19 ta sherik bor. Firmaning ustav kapitali 10 mln. so’m. Firma 50 mln. so’mlik zarar ko’rdi. Unga bankrotlik xavf solib turibdi. Agar korxona bankrotlikka uchrasa, sizning zimmangizga tushadigan mablag’ni hisoblan a)agar mas’uliyati cheklanmagan; b)aktsionerlik jamiyati bo’lsa; 4.2003 yili «Toshqishloqmash» OAJ 1630 mln. so’mlik mahsulot sotdi. «O’zqishloqmash» OAJda esa 764 mln. so’mlik mahsulot sotildi. Asosiy kapital(asosiy fond)ning o’rtacha qiymati muvofiq ravishda 3476 mln. so’m va 845 mln. so’m. Inlab chiqarish quvvati esa 3167 mln. so’m va 1421 mln. so’m. Korporatsiyalarning kapital(fond) unumdorligi, kapital(fond) sig’imi, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasini hisoblang. Natijani taqqoslang va ularning faoliyatiga baho bering. Ana shu iqtisodiy ko’rsatkichlarni yuqori darajada bo’lishi uchun sizningcha nimalar qilish kerak? Fikringizni asoslab bering. 5.AQShda biznesning tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagicha Biznes shakllari Firmalar soni Ularning umumiy sotish hajmidagi ulushi,%da Individual, xususiy firmalar* Sherikchilik Korporatsiyalar 14783000 6 1554000 4 3717000 90 Hammasi 100 *Fermer xo’jaliklarini qo’shmaganda Biznesning tashkiliy- huquqiy shakllari bo’yicha ulushlarini hisoblang. Sotish hajmi va firmalar soni ulushlarini diagrammalarda ifodalang. Ularni taqqoslash asosida qanday xulosalar chiqarish mumkin. Javobingizni izohlang. Topishmoq: Bir vosita borki, u barcha-tartib qoidalari bilan sotiladigan bo’lsa, tadbirkor uchun mahsulot ishlab chiqarishga qaraganda ham ma’qulroq, sababi u hech qachon qadrini yo’qotmaydi. T/N 1. Y. Shumpeter tadbirkorni novatorligiga alohida e’tibor berib, tadbirkor ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini izlovchi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi kishi deb ta’riflaydi. 2. Tadbirkorlikni a) iqtisodiy kategoriya, b) xo’jalik yuritish uslubi, v) iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarab o’rganish zarur. 3. Tadbirkorning mustaqilligini ta’minlash huquqiy jihatdan asoslangan va himoyalangan bo’lishi shart emas. 4. Iqtisodiy kategoriya sifatida tadbirkorlikning ob’ekti maksimal darajada darommad olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini samarali nisbatini topib ishga tushirishdir. 5. Tadbirkorlik qilishni hamma eplaydi, qiyini hujjatlarni rasmiylashtirish. 6. Kichik korxonaning muhim afzalligi uni tez tashkil etish mumkinligi, kapital aylanish tezligini yuqoriligi, bozor talabiga tezda moslashuvchanligi 7. Tikuvchilik korxonalarining asosiy xom ashyosi material. Shuning uchun uni asosiy kapitalga misol qilib keltirish mumkin. 8. Amortizatsiya normasi asosiy kapitalni jismoniy eskirishini hisobga olgan holda belgilanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling