Iqtisod moliya
-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
5-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi
Kapital Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati kapital harakati sarfini talab qiladi. Kapital lotincha so’z bo’lib, katta mablag’, ko’p pul, boylik degan ma’noni anglatadi. Bu so’z iqtisodiy tizimda uning o’zi yaratgan ishlab chiqarish omilini ifodalash uchun ishlatiladi. Kapitalni ishlab chiqarish omili sifatida iqtisodchilar ishlab chiqarish vositalari deb qarashadi. Bunday yondashuv klassik siyosiy iqtisoddan boshlanadi. A. Smit kapitalni jamg’arilgan mehnat mahsuli, D. Rikardo ishlab chiqarish vositalari deb hisoblashgan. Hozirgi paytda jahon miqyosida iqtisodiy fanlarda kapitalni talqin etishda yagona fikr yo’q. I. Fisher kapitalni natural va qiymat shaklidan qat’i nazar boylik zaxirasidan iborat, u o’z egasiga xizmat ko’rsatib daromad olib keladi, degan. Taniqli iqtisodchilardan J. Xiks, A. Marshall, E. Bembaverk fikrlarni davom ettirib, ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig’indisini kapital deb atashgan. J. Robinson kapital, hali investitsiyaga aylanmagan ma’lum miqdordagi pul, degan fikrni bildirgan. P. Xeyne fikriga ko’ra kapital bu — kelajakda ne’matlar ishlab chiqarish uchun foydalansa bo’ladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Nisbatan tor buxgalteriya hisobi bo’yicha yondashilsa firmaning barcha aktivlari (mablag’lari) kapital deb yuritiladi. Kapital tushunchasini qanday talqin qilinishidan qat’i nazar, hamma qarashlarda umumiy bo’lgan bir narsani ilg’ash mumkin. Bu daromad keltirishdir. Shunday qilib daromad topish maqsadida ishlab chiqarish resurslari va ularga sarflangan pul kapital bo’ladi. Biznes bilan shug’ullanishdan maqsad ham daromad topish. Biznesning mohiyatini quyidagi formulada ifodalash mumkin: P—T—P1. P — iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun dastlab sarf-langan pul mablag’lari. T — sotib olingan tovar (ishlab chiqarish resurslari). P1 — tovarni sotilgandan so’ng olingan, ya’ni avanslangan pulni ko’payib qaytishi, P1=P+Δn; Δn — avanslangan pulning ko’paygan qismi, ya’ni foyda. Biznes formulasi tadbirkorning faoliyatini ko’rsatib turibdi. Biznes qanday shaklda bo’lmasin daromad olish umumiy tarzda ana shunday amalga oshadi. Tadbirkor o’z pulini sarflab ishlab chiqarish resurslari sotib oladi. Agarda yakka tartibda ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo’lsa, faqat ishlab chiqarish vositalari sotib oladi. Ishlab chiqarish jarayonida yangi tovarlar yaratilib, bozorga chiqariladi. Ularni sotib avanslagan pulini foydasi bilan qaytarib oladi. Ishlab chiqarish biznesi formulasi umumiy biznes formulasidan farq qiladi. U quyidagicha: mehnat omili (ishchi kuchi) P – T ... U ... T1 — P1 real kapital (ishlab chiqarish vositalari) U — yangi tovarlar ishlab chiqarish jarayoni T 1 — ishlab chiqarilgan yangi tovar ... belgisi muomala to’xtab ishlab chiqarish boshlanganini resurslar ishlab chiqarish omili (unumli kapital)ga aylanganini ko’rsatadi. Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko’p. Uni bozorda sotib olingan pul P1, avvalgi avanslangan puldan ko’p, ya’ni tadbirkor olishi mumkin bo’lgan foyda miqdorida pul ko’p bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida talab taklif nisbatiga qarab, sof yoki qo’shimcha foyda olishi yoki aksincha bo’lishi mumkin (XII bob). Ishlab chiqarishni amalga oshishi uchun iqtisodiy shart-sharoit bo’lishi kerak. Har qanday tovar ishlab chiqaruvchi firma uchun ishlab chiqarish omillari zarur. Tovar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tabiiy resurslar zarur (minerallar, o’rmon va boshqa tabiiy boyliklar, ularni qisqacha er deb ataladi). Boshqa birovni eridan foydalanilganlik uchun haq to’lanadi. Bu haq renta bo’lib, u er egasining daromadini tashkil etadi. Kishilarning iste’molini qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun insonlarning mehnati talab etiladi. Tadbirkor tomonidan yollangan ishlovchilar mehnat shartnomasi asosida o’z mehnati uchun ish haqi oladilar. Biznes uchun kapital — pul talab etiladiki, u mashina, xom ashyo va hokazolar sotib olish uchun ishlatiladi. Agar tadbirkorning o’zidagi mablag’i etmasa, qarz olib ishlatadi. Ana shu qarz olib foydalangan pulga ham haq to’lash zarur. Bu haq protsent bo’lib, uni qarzga pul bergan oladi. Oxir-oqibat ma’lum xatar asosida o’z maqsadini, yangi g’oyasini amalga oshiruvchi hamma omillarni to’plab ishga soladigan tadbirkorning harakati kerak. Agar uning harakati muvaffaqiyatli yakunlansa, unga mukofot foydaning bir qismi tegadi (yo’qsa zarar ko’rishi mumkin). Tadbirkor kapitalini uzluksiz tarzda ishga solishga harakat qiladi. Kapital harakati dastlab pulga zarur resurslar sotib olishdan boshlanadi, ikkinchi bosqichda, resurslarni unumli iste’mol qilinadi, ya’ni tovar yaratiladi. Bu tovarning yangi qiymati eski qiymat hamda qo’shilgan qiymatdan iborat bo’ladi. Uchinchi bosqich, oxirgi bosqichda, bu ishlab chiqarilgan yangi tovar realizatsiya qilinadi. Tovar pulga aylanadi. Shunday qilib, bu harakat bozor bilan boshlanib, bozor bilan tugallanadi. Kapital o’z harakatini qaysi shaklda boshlagan bo’lsa, yana qaytib shu shaklga kelishi kapitalning doiraviy aylanishi bo’ladi. Doiraviy aylanishda kapitalning harakati uch bosqichdan iborat: birinchi bosqich muomala, ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, uchinchi bosqich yana muomaladan iborat. Boshqacha aytganda bozor, ishlab chiqarish, bozor tarzida yuz beradi. Kapital o’z doiraviy harakati jarayonida uch shakl: pul, unumli kapital, tovar shaklini oladi. Firmaning kapitali doimo ma’lum nisbatda, har uchala shakl-da mavjud bo’ladi. Kapitalning harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi. U qaytaqayta takrorlanadi (firma miqyosida u bankrot bo’lgandagina to’xtatish mumkin). Aynan shu kapitalning doiraviy aylanishini to’xtovsiz davom etishi kapitalning aylanishi deb ataladi. Ana shu harakat ma’lum bir vaqtda yuz beradi, u ishlab chiqarish va muomala vaqtidan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish vaqti o’z ichiga ish davri, ishlab chiqarish resurslarini zahirada turgan vaqti va tanaffuslarni oladi. Ishlab chiqarish vaqti tarkibining nisbati turli tarmoqlarda turlicha bo’lib, ular ob’ektiv zaruriyat tufayli tarkib topadi. Ayrim tarmoqlarda kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, o’rmonchilikda tabiiy tanaffuslar muhim rol o’ynab, uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Muomala vaqti esa ishlab chiqarilgan tovarlarni realizatsiya qilinadigan joyga olib borish vaqti, tovarlarni sotguncha zahirada turgan vaqti va realzatsiya qilish vaqtidan iborat. Bu vaqtlarni ajratib ko’rsatishdan maqsad kapital harakatini tezlashtirish uchun tadbirkor qanday chora-chora tadbirlar ishlab chiqishi zarurligini aniqlashdir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling