xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va
xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari
quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot,
moddiy-texnikaviy
sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash,
malaka
oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va
boshqalar.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident
farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon
xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va
uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta
biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq
tizimiga sezilarli darajada
engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z
pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi
o’laroq mamlakatimizda kichik va o’rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi
ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: