og’ir, sezilarli bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada bu fenomen egalik qilish effekti deb ataladi.
Egalik
qilish effekti odamlarning o’zlarida borini, ularga tegishli bo’lmagan
narsaga nisbatan yuqori
baholashlari, afzal ko’rishlarini ifodalaydi. «Osmondagi turnadan qo’ldagi chittak yaxshi» naqli
aynan ana shu effektni ifodalaydi.
Sankt-Peterburg
paradoksiga qaytsak, odamlar yutuqli o’yindan, misolimizda tanga
tashlashdan matematik jihatdan kutilayotgan natijasi cheksiz katta son bo’lishiga
qaramay voz
kechishlariga sabab kutilayotgan naflilikni pasayib borishi bo’ladi.
Albatta riskni yoqtiradigan odamlar ham bor. Kimki riskdan qo’rqsa, g’oliblik
nashidasini surmaydi Tadbirkorlik bilan shug’ullanish o’zi ozmi-ko’pmi tavakkalchilik xatari
bilan bog’liq. Bunday kishilar uchun umumiy naflilik egri chizig’i
odatdagidek qavariq emas,
balki unga teskari, botiq shaklda bo’lar ekan.
Bunday odamlar uchun o’yindagi yutuqning nafliligi qo’lidagi
yutqazgan pulining
nafliligiga qaraganda yuqori baholanadi.
Umumiy naflilik egri chizig’i. Risk
qilishga moyillik.
Bunda ham hodisaning matematik kutilishi
pul ifodasida yuqoridagiga o’xshash -
500x0,5+500x0,5 = 0 bo’ladi.
Lekin endi me’yoriy naflilik o’sib boradi.
Shuning uchun shartli
birlikda kutilayotgan
naflilik musbat qimmatga ega bo’ladi.
-1x0,5+5x0,5 = 2
Risk qilishga moyil kishilar yutqazganda
xafa bo’lishganiga
qaraganda yutishganda
ko’proq xursand bo’lishadi. Yo’qotganda
qayg’urgandan, topganda ko’proq quvonishadi.
Va, oxir-oqibat riskka neytral tarzda yondashuvchilar uchun umumiy naflilik egri
chizig’i, to’g’ri chiziq shaklida namoyon bo’lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: